o‘qitadigan va yo‘l xo‘jaligi xodimlari oilalari farzandlariga qaraydigan
maktabgacha ta'lim muassasalari, bolalar bog‘chalari va yaslilar tashkil etish
uchun binolar qurish, tiklash, ixtisosligini o‘zgartirish va rekonstruksiya
qilish;
yo‘l xo‘jaligi xodimlari oilalari farzandlarini o‘qitadigan va jismonan
rivojlantiradigan mavjud bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini tiklash va
yangilarini qurish;
yo‘l tarmog‘i xodimlari uchun xizmat uy-joylari qurish.
Asfaltabetonli qoplamalarni qurish.
Bu qoplamalar tarixiga kelsak 19 asr oxirida
tabiy bitum va tosh metallari alashtirilib ishlatilgan va oddiy bosib zichlashtirilgan.
Rossiyada esa 20 asr boshida bitum bilan mramor maydalari aralashtirilib 6 soat
qaynatgan va ishlatgan va u zinchlanmay faqat tekislab qo‘yilgan. Bu esa “litoy
asfalt” yani suyuq asfalt deb nomlangan. Hozirgi vaqtga kelib tabiiy bitum
modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar sifatida neft bitumlari esa mahalliy material
sifatida ishlatiladi. Asfalt betonning boshqa xil materiallardan asosiy afzalliklari:
- yemirilishga chidamliligi;
- shovqin va changlanishni namligi;
- yuqori texnologik ishlov berilishi;
- tamirlashni oddiyligi;
- transport harakatining yuqori komfortligidir.
Issiq asfaltbeton aralashma yopishqoq bitum bilan 150
°
da tayyorlanadi,120
°
da yotqizib to‘shaladi.Sovuq asfaltbeton aralashma suyuq bitumlar bilan 70 -
120
°
da tayyorlanadi.Sovuq asfaltbeton 6 oygacha saqlanish mumkin va havo
xarorati 5
°
s dan kam bo‘lmaganda qizdirmasdan yotqiziladi.Asfaltabeton
aralashmalarini ishlatilishi, ob - havo va iqlimga, qurilish rayoniga va yo‘l toifasiga
qarab bog‘liq holda qo‘llaniladi. YAni I zonalarda (yani sovuq tumanlar) past toifali
yo‘llarga ishlatiladi. II,III,IV,V zonalarda yani issiq o‘lkalarda issiq asfaltbeton
aralashmalar ishlatiladi. Qoplamaga shag‘alli aralashmalar markasi A, B va V xilli,
hamda G hilli maydalangan yoki shag‘alsiz tabiiy qumlar ishlatiladi. D xilli qumli
aralashmalar, siljishga chidamsiz bo‘lib kamroq ishlatiladi.
I, II markali zich va yuqori zichli mayda donadorli asfaltbetonlar qoplamaning
yuqori qatlamiga yotqiziladi va shag‘allari ko‘proq aralashgan bo‘ladi.
I, III markali yirik donadorli, g‘ovak va yuqori g‘ovakdorli asfaltbetonlar
qoplamaning III, IV toifali yo‘llarning quyi qatlamiga ishlatiladi va yuqori
texnologik bo‘ladi.