Asfaltbeton ning asosiy sifat ko‘rsatkichlari quydagicha:
-suvga va emirilishiga chidamliligidir;
-harorat o‘zgarishga va yorilish siljishga
chidamliligi;
-mustahkamligi (egilish moduli).
Emirilishga chidamliligini oshirishda karbonatli poroshoklar va kation yuzaga
faol ishlov beruvchi materialdan foydalaniladi.
Asfaltbeton – bu termoplastik materialdir. U o‘zining tarkibini plastiklikdan,
uvalanadigan, sinadigan holatga o‘zgartiradi. Albatta yuqori va past harorat tasirida
bo‘ladi.
Aktivatorlar va adgeziyali bitumlar va shuningdek yuzaga faol moddalar –
aralashtirilgan asfaltbeton aralashmalar.
Bular asfaltbeton qoplamasining uzoq muddat ishlash va emirilishga
chidamliligini oshirish uchun ishlatiladi va uning plastikligini (texnologikligini)
ham yaxshilaydi. Hozirgi vaqtda PAV – yuzaning faollashtiruvchi
moddalarning
quydagi turlari bor:
kationli, anionli va ionegensiz.
Bular shag‘alning bitumga
aralashmasini yaxshilab beradi, yuzasining tortilishini kamaytiradi, asfaltbetonning
zichlanishini yaxshilab, sifatini oshiradi.
PAV bitum yoki tosh materiallariga 0,5 - 5 % gacha qo‘shiladi.
PAV yani
YUFM sifatida ko‘pincha toshko‘mirli yoki slanetsli smolalar ham ishlatiladi.
Polimer – bitumli aralashmali asfaltbeton qorishmalar.
Bular ham asfaltbeton
qoplamalarining ishlashining davomiyligini oshirish maqsadida tayyorlanadi.
Qoplamaning siljishi (koleya) g‘ildirak izlarini oldini oladi, yani har xil haroratda
ishlasa ham. Tarkibida – turli polimerlar, tabiiy va sintetik kauchchuklar, polietilen,
polivinilxlorid, polipropilenlar ishlatiladi. Eng ko‘p foydalaniladigani bular stirol –
butadien–stirol yoki dvinil-stirolli metmoelastoplastlar hisoblanadi.
Bularning
ishlatilishi orqali asfaltbetonning ishlash muddatini 2 martaga oshiriladi,
lekin
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Faqat yuqori zichli asfaltbetonlarda
ishlatsa bo‘ladi.