Oltingugurt qo‘shimchali asfaltbeton qorishma.
Bunday
asfaltbeton
qorishmalarini 120
°
S dan past haroratda yotqizganda ham yaxshi tekislanadi va
yaxshi zichlanadi. Ularni tayyorlashdagi harorat 150
°
S dan oshmasligi kerak. Uni
aralashtirish esa 30 – 45 sekundga oshirilish kerak. Buning afzalligi bitumni 20% ga
tejashga erishiladi.
Eski asfaltbeton aralashtirilgan asfaltbeton qorishmalar.
Bu aralashma qoplama tayyorlash tannarxini kamaytiradi. Lekin yangi tayyorlangan
asfaltbeton aralashmaning hajmi eski asfaltbetonga nisbatan 30% bo‘lishi lozim va
ikki qatlamli qoplamaning quyi qismiga yotqiziladi
yoki asosning tekislovchi
qatlamiga ishlatilishi ham mumkin.
(Litыy) suyuq asfaltbeton.
Bu issiq va zich asfaltbetonning bir turidir. Suyuq
aralashma tarkibida qum, shag‘al va asfalt bog‘lovchilardan iborat bo‘ladi. Suyuq
asfaltbeton aralashmasi beshta xildan iborat bo‘ladi. I, II, III xillari–yani yo‘l
qurilishida; IV xili trotuar qurishda; V xili – yo‘llarni joriy tamirlashda ishlatiladi.
Suyuq asfaltbetonlar maxsus bunkerlarda, termos – kotellarda maxsus qizdiradigan
va aralashtiriladigan avtomobillarda tashiladi. Ular yo‘lga havo xarorati – 10
°
S dan
past bo‘lmaydigan vaqtlarda yotqiziladi, yotqizishdagi
qorishmaning xarorati
esa,180
°
– 240
°
S ni tashkil etib, tekislanadi, lekin zichlanmaydi.Yotqizishda
oqmasligi uchun yog‘och bruslar qo‘yiladi(bo‘ylamasiga). Harorat tushib 70 - 75
°
ga tushganida,
bruslar olinib, yani joyga o‘tkaziladi.Suyuq asfaltbetonning
g‘ovakligi 0 ga teng bo‘lgani uchun suv o‘tkazmaydi, ilashish sifatini
yaxshilash
uchun, g‘adir – budirlikni taminlash uchun qora mayda shag‘al sepiladi.