harakati xavfsizligini va favqulodda vaziyatlarni nazorat qilish bo‘yicha
organlar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish tizimini takomillashtirish.
Rivojlangan, zamonaviy yo‘l chetidagi infratuzilmani yaratishning asosiy
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
yo‘l chetidagi servis va xizmatlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar
yaratish;
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va
arxitektura-landshaft dizaynini yanada rivojlantirish hamda avtomobil yo‘llariga
tutash hududlarda transportning bulg‘ashi va tashlanmalarining salbiy ekologik
ta'sirini kamaytirish choralari quyidagi yo‘nalishlarni ko‘zda tutadi:
avtomobil yo‘llarini qurish va qayta qurish loyiha hujjatlari tarkibida
ko‘kalamzorlashtirish, arxitektura-badiiy loyihalash va landshaft dizayni
ishlarini kiritish;
ilg‘or zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajribalarning keng qo‘llanilishini
hisobga olgan holda tomchilab sug‘orish tizimini bosqichma-bosqich tatbiq
etish;
“O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK korxonalarining manzarali o‘simliklar
ixtisoslashtirilgan ko‘chatxonalarida yetishtirilgan yashil ko‘chatlaridan
foydalanishni bosqichma-bosqich kengaytirish, umumiy foydalanishdagi
avtomobil yo‘llarining yashil ko‘chatlar, butalar va gullarga bo‘lgan
ehtiyojini to‘liq ta'minlash.