“Xaydovchi – Avtomobil”
bog‘liqligi xaydovchining fiziologik
imkoniyatlari va avtomobilning ijrochi mexanizmlar monandligiga tayangan
modelini tashkil qiladi. Xaydovchi tashqi muxit ta’siridan xabardor bo‘lgan xolda
xavfsiz xarakatni ta’minlaydi.
“Avtomobil – Yo‘l”
bog‘liqligi transport vositalarining yo‘l to‘shamasi bilan
uzviy muloqatidagi mexanik modelini tashkil qiladi. Bu bog‘liqlikni o‘rganishdan
maqsad yo‘l to‘shamasiga kuch ta’sir etganida uning mustaxkamligi va ishlash
muddatini o‘zgarishligi to‘shamada paydo bo‘ldigan xolat o‘zgarishlari, yo‘lni
saqlash va undan foydalanishda turlicha tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
“Tashqi muxit – Yo‘l”
bog‘liqligi murakkab vazniy xarorat almashuv
modelini tashkil etib suv – xarorat tartibida yo‘lga ta’sirini aniqlashga asoslanadi.
“Yo‘l – Avtomobil”
bog‘liqligi
“Avtomobil – Yo‘l”
bog‘liqligining teskari
ko‘rinishida namoyon bo‘lib, yo‘lning ayrim notekisliklari natijasida kutulmaganda
noxushliklar sodir bo‘lib avtomobilning ayrib qismlarida murakkablashgan
tebranish jarayonlari sodir bo‘ladi.