• Informatika va axborot texnologiyalari o’quv xonasida quyidagilar taqiqlanadi
  • Informatika o’quv xonalarida ishlashda xavfsizlik talablarinuqtai nazaridan ko’yidagilar taqiqlanadi
  • Tayanch iboralar




    Download 7.04 Mb.
    bet1/86
    Sana31.10.2023
    Hajmi7.04 Mb.
    #91310
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
    Bog'liq
    Yang mar reja
    Mustaqil ish, KURS ISHI, yangi taqvim, 12-ma\'ruza, Esse topshiriq, Aqliy xujum, Репка

    Mavzu_№ 1: Shaxsiy kompyuterda ishlash qoidalari Reja:3. Kompyuterdan foydalanishdagi talablar


    4. Kompyuter xonasida qo’yiladigan taqiqlar
    5. Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari.

    Tayanch iboralar:
    Axborot kommunikatsiya,protsessor,texnologiya.

    Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o’chirish tartiblari mavjud. Avvalambor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin.

    Barcha ta’lim muassasalarining «Informatika va axborot texnologiyalari» xonalari

    va ularni jihozlash uchun talablar «Ta’lim muassasalarida xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish tartibi to’g’risida nizom» (ro’yxat raqami 2387, 2012 yil 29 avgust) (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2012 y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.


    Informatika va axborot texnologiyalari o’quv xonasida quyidagilar taqiqlanadi:
    · kompyuter va uning qurilmalarini elektr tarmog’iga ruxsatsiz ulash yoki o’chirish;
    · kompyuter qurilmalarining ulanish joylariga va elektr tarmoq manbalariga tegish;
    · kompyuter qurilmalarining yaqinida tez yonuvchi moddali idishlarni ochish va ishlatish;
    · nam qo’l bilan kompyuter qurilmalariga tegish va ularni ulash; · kompyuter klavishlarini bosishda kuch ishlatish;
    · kompyuter ishlab turgan holatda tozalash ishlarini olib borish.
    1. Informatika o’quv xonasining kengligi 6 m dan ortiq bo’lgan xonalarni
    ikki tomonlama yoritishda balandligi 2,2 – 2,9 m dan oshmaydigan deraza bo’lishi lozim.
    2. Informatika o’quv xonasining doskasi sun’iy yoritishda ikki tomondan
    bir xil uzoqlikda va bir tekisda joylashtirilgan, shiftda qotirilgan yoki osilgan lyuminessent yoritqichlar asosidagi umumiy yoritish tizimi qo’llanilishi lozim. Yoritqichlar va derazalar kompyuter ekranida aks etishi mumkin emas.
    3. Informatika o’quv xonalarida havoning organik tabiatli antropogen moddalar va dioksid uglerod bilan ifloslanishi sababli har qanday ob-havo‘sharoitida harorat va namlikning optimal holatda bo’lishini ta’minlay oladigan havo‘haydovchi shamollatish vositalari bo’lishi lozim.
    4. Kompyuter stollariga elektr manbaining tortilishi qo’zg’almaydigan va ko’rinmaydigan bo’lishi lozim.
    5. Informatika o’quv xonasida yong’in xavfsizligini ta’minlash uchun foydalanish muddati ko’rsatilgan va to’ldirilgan o’t o’chirgich bo’lishi lozim.
    6. Informatika o’quv xonasidagi sinf doskasi, ish stollari va javonlarning sathi nur qaytarmaydigan bo’lishi lozim.
    7. Informatika o’quv xonasidagi zararli kimyoviy moddalarning havodagi miqdori havo atmosferasining sutkalik konsentrasiyasidan oshmasligi lozim.
    8. Informatika o’quv xonasini yerto’lalarda joylashtirish taqiqlanadi.
    9. Informatika o’quv xonasi doskasining chap yoki o’ng tomonida elektr ta’minotidan o’chirib yoqish uchun qurilma bo’lishi kerak.
    10. Kompyuterning operativ xotirasida va qattiq diskida kuller (ventilyator) bo’lishi kerak.
    11. Kompyuterning klaviaturasi va g’ildirakli sichqonchasi bo’lishi lozim. Informatika o’quv xonalarida ishlashda xavfsizlik talablarinuqtai nazaridan ko’yidagilar taqiqlanadi:
    · xonaga qishki ustki kiyimda kirish;
    · kompyuter ekraniga qo’l va boshqa narsalarni tekkizish;
    · kompyuter qurilmalari yaqinida isitish asboblaridan foydalanish; · kompyuter ishlab turganda qarovsiz qoldirish;
    1. Kompyuter monitoriga tabiiy yorug’likning asosiy oqimi chapdan tushishi kerak.
    2. Informatika o’quv xonasida tabiiy yorug’likning asosiy oqimi kompyuterda ishlovchining orqa va old tomonidan yo’nalgan bo’lishi mumkin emas.
    3. Informatika o’quv xonalarida sun’iy yoritishda o’quvchi stoli sathining yoritilish darajasi 300 – 500 lk oralig’ida bo’lishi kerak.
    4. Informatika o’quv xonasining elektr ta’minoti elektrotexnika xavfsizligi talablari asosida bo’lishi lozim.
    5. Elektr manbaini ulash va o’chirish qurilmasining joylashishi
    o’qituvchiga elektr tokini zudlik bilan o’chirish imkoniyatini berishi lozim. Uni sinf doskasining chap yoki o’ng tomoniga o’rnatish tavsiya etiladi.
    6. Devorlarni bo’yashda ochiq rangli bo’yoqlardan foydalanish lozim. Bo’yoq tarki bida ohak kukunlari bo’lmasligi lozim.
    7. Pol yuzasi tekis, sirpanmaydigan, tozalashga qulay va tok o’tkazmaydigan bo’lishi kerak.

    Download 7.04 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




    Download 7.04 Mb.