86
yaxshilangan imkoniyatini ta’minlovchi audio va nutqni bilish, oqimli video,
70 ta yangi buyruqlari amalga oshirilgan. Pentium III da boshlang‘ich va
o‘rta bosqichdagi server va ishchi stansiyalarining talablari e’tiborga
olingan. Pentium III 0,25mikronli texnologiya bo‘yicha chiqariladi va 9,5
mln tranzistorni o‘z ichiga oladi .Xozirgi vaqtda 450–1 000
MGts takt
chastotali rusumlar hammabopdir. Pentium
III da protsessorning yarim va to‘la chastotasida ishlovchi 1-bosqichli 32
Кbayt Kesh –xotira va 512 Кbayt 2-bosqichli kesh –xotira mavjud. 2-
bosqichli kesh – xotira manzillanayotgan 4 Gbayt xotirani keshlashga imkon
yaratadi. Pentium III xotira sig‘imi 64 Gbayt bo‘lgan ikki protsessorli
tizimlarda foydalaniladi.
P
rotsessor SECC2 va FCPGA.korpuslarda chiqariladi.
Pentium III ning asosiy hususiyatlari:
•
uch o‘lchovli grafikani, oqimli video,audio
va nutqni bilish,
tasvirni qayta ishlash ilovalari bilan ishlash imkoniyatini ta’minlovchi 70 ta
yangi СИМD ko‘rsatmalari mavjud, shuningdek MMX buiruqlari;
•
uch o‘lchovli grafikani ishlashda 500
MGts takt chastotali
Pentium III ning tezligi 450 MGts takt chastotali Pentium I dan 93% ga (3D
WinBench 99 test natijalariga ko‘ra ) va multimediya bilan ishlashda 42%
ga katta (MultimediaMark
99 test natijalariga ko‘ra );
• ikkilik mustaqil shinaning arxitekturasidan foydalanish hisobiga
o‘tkazish qobiliyati va unumdorligi orttirilgan;
• protsessorning talqinli nomerining funksiyasini o‘z
ichiga oladi,
Intel firmasi taqdim etuvchi PC xavfsizligini ta’minlash tizimining
birinchi komponenti hisoblanadi.