87
Pentium va Pentium II orasidagi o‘ringa joylashgan. Bu protsessor 5-avlod
protsessorlari va tizimli platalari uchun mo‘ljallangan Socket 7 tipli uya
uchun ishlanganligi uchun, u xaqiqiy oltinchi avlod protsessoridek ishlay
olmaydi, chunki Socket 7 xotira va keshning imkoniyatini jiddiy
chegaralaydi. Biroq AMD-K6 Pentium ning jiddiy raqobatchisi hisoblanadi.
AMD-K6 protsessorida sanoat standarti bo‘yicha, multimediya
buyruqlarining yangi tizimi (MMX) amalga oshirilgan, u esa AMD K6-2
protsessorlarida yangilandi va 3Dnow atala boshladi. AMD firmasi Socket 7
tip uyali protsessorni ishlab chiqdi. Bu esa kompyuter ishlab chiqaruvchilar
uchun, modernizatsiyalash oson bo‘lgan tizimlarni yaratishga imkon beradi.
AMD-K6
protsessori texnik harakteristikalari:
• oltinchi avlod ichki arxitekturasi, 5-avlod tashqi interfeysi;x86
buiruqlarni RISC buiruqlarga translyatsiya qiluvchi ichki RISC-yadro;
• buyruqlarning bajarilishida superskalyar modullari (yetti);
• dinamik bajarilishi;
• o‘tishlarni oldindan aytish;Oldindan bajarilishi;
• 64 Kbaytli katta kesh (32 Kbayt sig‘imdagi buyruqlar uchun,
qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 32 Kbayt sig‘imdagi teskari yozuvli ikki
portli kesh);
• siljuvchi vergulli sonlar ustida amallarni bajarish uchun ichki
modul (FPU);
• MMX buiruqlarini qo‘llashga sanoat standarti;
• SMM rejimi;
• Ceramic Pin Grid Array (CPGA) konstruksiyasining Socket 7
tipli uyasi;
• 5 qavat 0,35- va 0,25-mikronli texnologiyani tayorlshda
foydalanish K6-2 protsessoriga quyidagilar qo‘shilgan:
• Ancha yuqori takt chastotalari;
• 100 MGts (Super 7 uyali tizimli platalar uchun) tizimli shinani
qo‘llash;
88
• 3DNow deb nomlangan, grafika va multimediya bilan ishlash
uchun yangi 21-tuzilma;
• K6-3 protsessoriga, uning chastotasida ishlovchi, 256 Kbayt
sig‘imdagi ikki bosqichli kesh –xotira qo‘shilgan. K6-3 ni bunday
mukammallashtirish Celeron va Pentium II.darajasida turuvchi uning
unumdorligini oshirdi.
AMD-K6 protsessori arxitekturasiga ko‘ra x86 bilan ikkilik kod
bo‘yicha mutanosib, ya’ni MMX buyruqlari bilan birgalikda, u Intelning
barcha dasturiy ta’minotini bajaradi, Socket 7 tipli uyalar tuzilmasi bilan
shartlashilgan, etarli darajada quyi bo‘lgan,ikkinchi bosqichli kesh-
xotiranining unumdorligini oshirish uchun, AMD birinchi bosqichli ichki
kesh –xotiraning umumiy si’g‘imini 64
Kbaytgacha orttirdi (ya’ni uning sig‘imi Pentium II ga qaraganda ikki marta
katta ). Bunga dinamik bajarilish imkoniyatini qo‘shadigan bo‘lsak K6
protsessorini tezligi bo‘yicha Pentium bilan, unumdorligi bo‘yicha Pentium
II ning berilgan takt chastotasi bilan qiyoslasa bo‘ladi. AMD-K5 va K6
protsessorlari Socket 7 tipli uyaga o‘rnatiladi.Biroq, zarur kuchlanishni
o‘rnatish va BIOS parametrlarini o‘zgartirish uchun ba’zi bir tuzatishlar
kiritish talab qilinadi. Agar tizimli plata mos kuchlanishda tursa AMD-K6
ning ishonchli ishi ta’minlanadi.
5-rasm. Protsessorlarning shikastlanish sabablari
89
Ko‘p
hollarda
kompyuter
ishining
muammolari
boshqa
qurilmalarning, aybi bilan paydo bo‘ladi.Protsessor muhim qurilmalardan
biri bo‘lganligi uchun,uning ishlash qobiliyati,tezda butun tizim ishiga ta’sir
qiladi . Protsessorning shikastlangan joyini, ikkinchi ishchan protsessorning
yordami bilan aniqlash mumkin.
Biroq, bu holda, masalan tizimli platada ta’minot ulovchilari noto‘g‘ri
o‘rnatilgan bo‘lsa ishchan protsessorni ‘kuydirib ’olish mumkin. Protsessor
bilan barcha harakatlarni extiyotlik bilan amalga oshirish kerak, kompyuter
ta’minotini esa, protsessorning va tizimli platalardagi mos ulovchilarning
uyaga to‘g‘ri o‘rnatilganligini takror tekshirilganligidan so‘ng ulash lozim.
Protsessorlar bilan ishlasda muammo paydo bo‘lishining keng
tarqalgan sababi,ishchi parametrlarga mos bo‘lmagan parametrlarni
o‘rnatishdir.Bu esa o‘z navbatida protsessorning qizib ketishiga va uning
ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.Temperatura rejimini bevosita radiatorga
qo‘l tekkizib yoki dasturiy vositalar yordamida nazorat qilish mumkin.