82
Pentium MMX ning davomchisi Pentium Pro protsessori bo‘ldi. U
1995 yil sentuabrida
taqdim etilib, 1996 yili keng sotila boshladi. Protsessor
Socket 8 tipli uyaga o‘rnatiladigan 387 –kontaktli korpusning ichiga
joylashtiriladi,
shuning uchun, u oldingi Pentium protsessorlari bilan
moslashuvchan emas.
Dual Cavity PGA (PGA ikkilangan korpusi) deb
ataluvchi Intel texnologiyasi asosida bajarilgan bir nechta mikrosxemalar
MCM (Multi-Chip Module) modulga biriktirilgan. 387kontaktli
korpus
ichida ikkita mikrosxema joylashgan bo‘lib, ulardan biri
Pentium Pro
protsessorini, ikkinchisi esa 256 Кbayt, 512 Кbayt yoki 1 Мbayt sig‘imdagi
ikki bosqichdagi kesh xotirani o‘z ichiga oladi. Protsessorning o‘zida 5,5 mln
tranzistorlar, birinchi bosqichdagi kesh –xotirada 256 Кbayt — 15,5 mln
sig‘imli tranzistorlar,ikkinchi kesh- xotirada 512 Кbayt— 31 mln
sig‘imdagi, 512 Кбай sig‘imli kesh –xotirali modulda 36,5 mln tranzistorlar
mavjud bo‘lib,1Mbayt sig‘imda ularning soni 68 mln ga borib qoldi! 1
Мbayt sig‘imga ega bo‘lgan
Pentium Pro uchta mikrosxemadan iborat: protsessor va 512 Kbayt sig‘imli
ikkita kesh-xotira. 4.3-jadvalda Pentium Pro protsessorining texnik
harakteristikalari keltirilgan 2-jadval.
Pentium Pro protsessori harakteristikalari