74
qoshimcha unumdorlikka ortiqcha harajat qilishni istashmayotganini
tushunib etdi va biroz vaqtdan so‘ng 8088 deb atalgan 8806 protsessorning
“kesik ” talqinini taqdim etdi.Unda, malumotlar shinasidagi 16 razryaddan 8
tasi olib tashlangan va 8086 protsessori ma’lumotlarni kiritish va chiqarishga
nisbatan 8-razryadli mikrosxema sifatida qaraladi.Biroq,unda 16-razryadli
ichki registrlar va 20-razryadli manzil shinasi to‘la
saqlanib qolganligi
uchun 8086 protsessori 16-razryadli dasturiy ta’minotni bajarar edi va 1
Мbayt sig‘imli operativ xotirani manzillay oladi.
IBM PC ning ilk kompyuterlarida 4,77 MGts takt chastotali 8088
protsessorlardan foydalanilar edi, ya’ni bir sekundda 4 770 000ta takt
bajarilar edi. 8088 va 8086 protsessorlarning buyruqlari uchun o‘rtacha 12
takt zarur bo‘lar edi.
Ba’zida, 8088 protsessor 1Mbayt sig‘imdagi asosiy xotirani manzillay olsa
ham, nima uchun kompyutyerdagi asosiy xotiraning sig‘imi 640 Kbayt bilan
chegaralanadi degan savol tug‘iladi.
Buning sababi, IBM boshidanoq manzil fazosining yo‘qori
qismida
384 Kbaytni adapter platalari va tizimli BIOS uchun rezervlab qoyadi.
Qolgan 640 Kbayt DOS va dastur –ilovalar uchun foydalaniladi.
80286 (yoki,oddiygina 286) protsessorida 80186 va 80188
protsessorlari uchun harakterli bo‘lgan, moslashuvchanlik muammosi
tug‘ilmaydi. U 1981 yili paydo bo‘ldi,va uning asosida
IBM AT kompyuteri
yaratildi. Shundan so‘ng, 50 va 60 rusumdagi ilk PS/2 yaratildi (PS/2
keyingi rusumlari 386 va 486 protsessorlari asosida uaratildi). Bir nechta
firmalar, AT sinfiga tegishli kompyuterlarning
analoglarini ishlab
chiqarishni o‘zlashtirib oladi. AT kompyuteri uchun, asos sifatida 286
protsessorining tanlanishi uning
8088 protsessori bilan moslashuvchan bo‘lganligi bilan bog‘liqdir, ya’ni
IBM PC va XTlar uchun ishlab chiqilgan dasturlar AT uchun ham to‘g‘ri
kelar edi. 286 protsessorlari o‘zidan oldingilariga qaraganda yo‘qori tezlikka
75
ega bo‘lib, shu sababli, bu kompyuterlar keng qo‘llanila boshladi. 6 MGts
takt chastotali AT birinchi kompyuterining unumdorligi IBM PC (4,77
MGts) unumdorligidan besh baravar ortadi. Buyruqlarning o‘rtacha 4,5
taktda bajarilishi, 286 protsessorli kompyuterlarining unumdorligi yo‘qori
bo‘lishining bosh sababidir. Undan tashqari, 16-razryadli tashqi shina tufayli
ma’lumotlar almashish tezligi ikki marotaba oshdi.
AT kompyuterlarining yana bir
sababi protsessorning takt
chastotasining ortishidadir. Quyidagi 6, 8, 10, 12, 16 va 20 MGts takt
chastotali protsessorlar mavjud. Oldingi protsessorlarda bu ko‘rsatgich 8
MGts dan oshmas edi. Takt chastotalari bir xil bo‘lganda ham oxirgisining
unumdorligi taxminan 3 marta ko‘proqdir. 286
protsessori real va
himoyalangan deb ataluvchi ikkita bir-biridan farq qiluvchi rejimda ishlaydi.
Real rejimda 8086 protsessoriga ekvivalent va obekt kodi bo‘yicha 8086 va
8088 protsessorlari bilan moslashuvchan. Bu, ular uchun mo‘ljallangan
dasturlarni va buyruqlarni modifikatsiyasiz bajara olishini bildiradi . 286
protsessori himoyalangan rejimda butunlay boshqa rusumga aylanadi. Agar
bajaralayotgan dastur, uning yangi imkoniyatlarini e’tiborga olib yozilgan
bo‘lsa, protsessor 16 Мbayt Real xotiradan manzillay olishi mumkin bo‘lsa
ham, u 1 Gbayt virtual xotiraga ega bo‘lishi mumkin. 286 ko‘zga ko‘rinarli
kamchiligi oldindan apparatli sbros (tushirish ) ya’ni,
kompyuterni issiq
qayta yuklanishini amalga oshirmasdan himoyalangan rejimdan real rejimga
o‘ta olmaydi. Real rejimdan himoyalangan rejimga sbrossiz o‘ta oladi.
Shuning uchun, 386 protsessorining asosiy ustunligi uning real rejimdan
himoyalangan rejimga va aksincha, dasturiy ulanmasdan o‘ta olishidadir.
(a)