Protsessor ishlash prinsipi shunday




Download 189,37 Kb.
bet28/50
Sana15.05.2024
Hajmi189,37 Kb.
#234050
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
Bog'liq
kompyuter tashkil etilishi -fayllar.org

Protsessor ishlash prinsipi shunday: u tezkor xotiradan
ma'lumotlarni qabul qilib oladi, qayta ishlaydi va mazkur ma'lumotlarni yana
tezkor xotiraga joylaydi. Protsessor bajarayotgan amallar aslida juda kichik
ketma-ketliklardan iborat bo‘ladi. Hattoki, biz bilgan «2+2=4» ni protsessor
bira to‘la hisoblamaydi. Oldin o‘zaro qo‘shilayotgan ikkita sonni «elab
oladi», so‘ngra ushbu ikkita sonni qo‘shadi, keyin natijani chiqaradi. Demak,
o‘rtacha to‘rtta amal bajariladi. Bu juda «mayda» ish, lekin uni protsessor
juda katta – sekundiga bir necha ming, million amal tezligida bajaradi.
E'tibor bergan bo‘lsangiz, kompyuterda protsessor nomi oldida MGs yoki
GGsda berilgan o‘lchamlar yozilgan. Ular protsessorning ishlash tezligini
anglatadi. Protsessor 1 sekundda bajaradigan amallarning soni



65
protsessorning takt chastotasi deyiladi. Takt – bajariladigan bitta amal.


Protsessorning ishlash chastotasi megagers va gegagerslarda o‘lchanadi, takt
chastotasi qancha yuqori bo‘lsa, markaziy prsessor ham shuncha tez ishlaydi.
1 gers – 1 sekundda bitta amal bajarilishini bildiradi, 1 megagers – 1
sekundda 1 millionta amal, 1 gegagers esa – 1 sekundda 1 milliard amal
bajarilishini anglatadi.
Hozirga kelib yuqori samaradorlikda ishlay oladigan, takt chastotasi 3
gegagers (3 GGs – 1 sekundda 3 milliard amal) bo‘lgan markaziy
protsessorlar mavjud. Bu – juda yaxshi ko‘rsatkich. Ammo unga erishish
protsessor ancha katta energiya talab etadi va, ushbu energiya tufayli,
yaxshigina «ter to‘kish»iga to‘g‘ri keladi. Ha-ha, hayron bo‘lmang, xuddi
tirik jon kabi, protsessor ham ishlash jarayonida qizib ketadi. Shunday ekan,
aytilgan samaradorlikka erishish uchun protsessorni doimiy ravishda sovitib
turish kerak bo‘ladi. Doimiy sovitish ikki xil usulda amalda oshiriladi.
Birinchisi radiatorlar yordamida bo‘lib, bu passiv usul hisoblanadi.
Ikkinchisi ventilyatorlar (kuler) yordamida bo‘lib, bu aktiv usul sanaladi.
Protsesorlar bir yadroli, ikkita yadroli, to‘rt yadroli bo‘ladi. Bir yadroli
protsessorlar ishlayotganida o‘zining barcha tarkibiy qismlari – ichki
elementlari ishga «safarbar» qilinadi. Agar qilinishi kerak bo‘lgan ish
kichikroq bo‘lsa ham, protsessor to‘lig‘icha ishlaydi. Ikki yadroli
protsessorlarda unday emas. Ular qilinadigan ishga qarab o‘zining bir
qismini ishga safarbar qiladi. Qolgan qismi esa boshqa amalni bajarishga
tayyor turadi. To‘rt yadroli protsessorlar ham shu yo‘sinda ishlaydi. Bitta
protsessorning alohida ishlay oladigan yadrolarga bo‘linishi ishlash
samaradorligi va tezlikni oshiradi.
Bugungi kunda kompyuterlarning turlari juda xilma-xil bo‘lib, sanab
sanog‘iga yeta olmaymiz. Lekin ularning o‘zagini tashkil qiluvchi
protsessorlar turlari unchalik ko‘p emas. Buning sababi – protsessorlarni



66
ishlab chiqarish o‘ta yuksak texnologik amaliyot ekanidir. Qiziqarli tomoni


shundaki, har qanday ishlab chiqarishda yuzaga kelgan braklar hisobga
olinsa, protsessorlar yaratishda buning teskarisi kuzatiladi. Ishlatishga loyiq
mahsulotlar necha foizligi hisobga olinadi. Chunki kamdan-kam
protsessorlargina oxir-oqibatda haqiqiy ishchi qurilmaga aylana oladi.

Download 189,37 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Download 189,37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Protsessor ishlash prinsipi shunday

Download 189,37 Kb.