60
miyasidagi o`zgarishlarga mos ravishda ovoz va nurlanishni boshqarib
turishga javobgar bo`ladi.
Fizik interfeys – bu fizik qurilmalar bilan ishlash muhiti. Bu muhit haqida
gapirilganda asosan kompyuter portlari tushuniladi:
Tarmoqli interfeys;
Shlyuz (telekommunikatsiya) – mahalliy tarmoqlarni undan kattaroq
tarmoqlar bilan, misol uchun Internet, bog`lovchi qurilma;
Shina(Kompyuter);
COM interfeys (Component Object Model interface) – mavhum
funksiyalar va xususiyatlarni shu interfeys komponentalari orqali boshqa
dasturlarda aniq funksiya ko`rinishida qo`llash imkonini beradi;
Ma’lumotlar almashish uslubiga ko`ra interfeys parallel va interfeyslarga
bo`linadi.
2-rasm. HDD va SSD disklarni portlari.
Hozirgi kunga kelib hayotimizning
turli jabxalarida kompyuter
texnikasini uchratishimiz mumkin. Kompyuter texnikasi uchun esa turli
ehtiyot qismlar, aksessuarlar(xuddi qizlarni ziragiga o‘xshab — hazil) va
boshqa ko‘pgina qurilmalar mavjud. Ularning
ichida asosiylaridan biri
61
magnit xotira (vinchester, HDD) hisoblanadi. Vinchesterlar ham o‘z
navbatida ulanish jihatidan bir qancha turlarga bo‘linadi. (Bo‘linganni bo‘ri
yer-bo‘linmasdan yurila).
PATA yoki SATA? qaysi biri afzal? har qanday o‘zini hurmat qiladigan
kompyuter foydalanuvchisi magnit xotiralarni (vinchester)ulovchi turlarini
farqlay oladi.
PATA – bu parallel ATA demakdir.
Qattiq magnitli xotiralarni
(vinchester)larni ulash uchun parallel interfeys – AT Attachment. Ushbu
standart 1986 yilda Western Digital firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.
PATA ni IDE interfeys deb ham nomlanadi. PATA shleyf 40 va 80 kontaktdan
iborat bulishi mumkin. Umuman olganda
PATA deb nomlanishiga yangi
texnologiya SATA ning yaratilishi sabab bo‘lgan. Chunki undan oldin ATA
deb nomlangan.
PATA interfeysi SATA interfeysidan 4 marotaba kattadir. PATA
shinasining eng yuqori tezligi 133 MB/s bo‘lsa, bu ko‘rsatkich SATA1 dan
ham past natija edi. Hozirgi kunga kelib ATA interfeys(shinali, razyomli
motherboard lar) ishlab chiqarishdan olib tashlangan.
PATA shleyf kabeli
maksimal uzunligi 46 smdan oshmaydi.
SATA – Serial ATA – ketma ket ATA interfeys hisoblanadi. Bu
interfeys PATA(ATA) ga nisbatan ixcham va tezligi bilan afzaldir. Uning
bugungi kunga kelib SATA1, SATA2 SATA3 kabi versiyalari mavjud.
SATA1 ning shina tezligi 1,5 Gbit/s(150MB/s), SATA2 niki 3 Gbit/s
(300MB/s)va nixoyat SATA3ning shina tezligi 6 Gbit/s(600M)
gacha
o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega. SATA ning yana eng muxim afzal va qulay
tarafi – djamperning yo‘qligidir. SATA shina kabeli 7 kontaktdan iborat,
elektr ta'minot kabeli esa 15 kontaktdan iborat. SATA kabellari o‘zining
ko‘rinishi bilan ham ko‘p marotaba uzib-ulash uchun qulay hisoblanadi.
SATA shleyf kabeli uzunligi oxirgi versiyalarida 2 m gacha boradi.