• 9-10-Amaliy ish
  • Nazariy qism Mikroprosessorlar haqida asosiy tushunchalar.
  • Kompyuter tashkil etilishi




    Download 189,37 Kb.
    bet27/50
    Sana15.05.2024
    Hajmi189,37 Kb.
    #234050
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
    Bog'liq
    kompyuter tashkil etilishi -fayllar.org

    Nazorat savollari. 



    62
    1. Shaxsiy kompyuterlarning qanday portlari mavjud.


    2. Zamonaviy kiritish va chiqarish portlarining vazifalari qanday.
    3. ATA va SATA va M2 slotlarning bir biridan farqi nimada.



    63
    9-10-Amaliy ish 


    Mavzu: Zamonaviy Protsessorlar va ularning ishlash prinspi. 
    Ishdan maqsad: Protsessorlar va ularning turlarini o‘rganish,
    ularning turlari bir biridan farqi ichki tuzilishi vazifalari va texnik
    imkoniyatlarini o‘rganish. Nazariy qism 
    Mikroprosessorlar haqida asosiy tushunchalar. 
    Markaziy prosessor, arifmetik – mantiqiy qurilma; berilgan va
    adreslar shinasi; registrlar; buyruqlar hisoblagichi; Kesh; haqida
    ma’lumotlarni taxlil qilish. Mikroprosessor tarixi va uning turlarini
    o‘rganish.
    Mikroprosessor ishlab chiqarilish tarixi, Hisoblash sistemasida bir
    necha parallel prosessorlar. ko‘p prosessorli haqidagi ma’lumotlar.
    Mikroprosessor turlari, Intel, Intel Celeron, VIA, NVIDIA, Elbrus, Philips,
    Hitachi, Sun, AMD
    Athlon kabi mikroprotsessorlar haqida ma’lumotlarni o‘rganish.
    Kichkinagina hajmga ega bo‘lsa-da (5x5 sm.), aytish mumkinki, u eng
    asosiy «yuk»ni o‘z zimmasiga oladi. Demak, tanishib chiqamiz – markaziy
    protsessor bilan. Xo‘sh, protsessorning o‘zi nima? Avvalo shuni aytib
    o‘tamizki, nafaqat kompyuterlar, balki deyarli barcha elektron qurilmalar:
    telefonlar, zamonaviy konditsionerlardan tortib kir yuvish mashinalarigacha



    64
    protsessor qurilmasiga ega. Protsessor sanab o‘tilgan elektron


    qurilmalarning, xususan, kompyuterning «miyasi» hisoblanadi. Protsessor
    shunday qurilmaki, u kompyuterdagi dastur kodlarini «o‘qiydi»,
    kompyuterning asosiy funksiyalarini aniqlab beradi va axborotlarni qayta
    ishlaydi. Protsessor elektron mikrosxema ko‘rinishida tayyorlanadi. U yaxlit
    bitta qismli yoki bo‘lak–bo‘lak qismlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.
    «Protsessor» atamasi ba'zan «mikroprotsessor» deb ham ataladi.
    Protsessorlar tarkibiga ko‘ra tranzistorlardan iborat bo‘ladi. Bugungi kunda
    ishlab chiqarilayotgan protsessorlar o‘z ichiga millionlab tranzistorlarni o‘z
    ichiga oladi. Bu tranzistorlardan elektron mantiq qurilmalari va yuqori
    texnologiyali boshqa elektron qurilmalar hosil qilinadi.
    Shaxsiy kompyuterning ichida turli xil vazifalarni bajaradigan
    ko‘pgina protsessorlar mavjud. Har bir qurilma – xoh videokarta bo‘lsin,
    tizim shinasi bo‘lsin yoki boshqasi bo‘lsin, ularning har biri o‘zining
    protsessoriga ega. Protsessorlar o‘zi joylashgan qurilmaning ishlashini, unga
    kelayotgan va u uzatayotgan axborotlarning ketma-ketligini, kelayotgan
    buyruqlarni nazorat qiladi. Shuningdek barcha arifmetik va mantiqiy
    amallarni, ya'ni hisoblashlarni amaga oshiradi.

    Download 189,37 Kb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




    Download 189,37 Kb.