67
o‘lchami orqali aniqlanuvchi chastotali elektr tokining tebranishlari hosil
bo‘ladi. Shu o‘zgaruvchi tokning chastotasini
takt chastotasi deb ataladi.
Oddiy kompyuterning mikrosxemalari bir nechta million gerslar
chastotasida ishlayd (Gers, bu-sekundiga bir tebranish).
Tezlik
megagerslarda, ya’ni sekundiga million siklda o‘lchanadi. 1-rasmda
sinusoydali signalning grafigi ko‘rsatilgan
3-rasm.Takt chastotasi tushunchasining grafik tasviri
Mantiqiy qurilma sifatida protsessor uchun vaqt o‘lchamining eng kichik
birligi
takt chastotasining davri yoki oddiygina
takt bo‘ladi. Har bir
operatsiyaga minimum bitta takt sarf qilinadi. Masalan,
Pentium II
protsessori xotira bilan ma’lumot almashishi uchun uch takt va bir nechta
kutish sikli kerak bo‘ladi (
Kutish sikli, bu hech narsa sodir bo‘lmaydigan
takt; u protsessor tezligi quyi bo‘lgan kompyuterning boshqa tugunlaridan
oldin “yugurib ketmasligi uchun ” zarurdir).
Buyruqlarining bajarilishiga ketadigan vaqt ham o‘zgaruvchandir.
8086 va 8088 protsessorlarida bitta buyruqning bajarilishiga 12 takt
chamasida ketadi. 286 va 386 protsessorlarida bu ko‘rsatgich bitta
operatsiyaga o‘rtacha 4,5 takt atrofida, 486 da esa 2 taktgacha kamayadi.
Pentium protsessorida ikkita parallel
konveyer va boshqa turli
usullardan qo‘llanish, o‘rta statistik buyruqning bajarilish vaqtini 1 taktgacha
qisqartirish umkonini tug‘dirdi. Pentium Pro, Pentium II/III, Celeron va
Xeon, shuningdek Athlon/Duron protsessorlarida bir taktda eng kami bilan
uchta buyruq bajariladi. Buyruqlarning bajarilishi zarur bo‘lgan, taktlarning
68
turli miqdori, kompyuterlarning samaradorligini ularning takt chastotasiga (
ya’ni sekundiga taktlarning soni) asoslanib taqqoslashni mushkullashtiradi.
Nima uchun bir xil takt chastotasida protsessorlardan bittasi boshqasidan
tezroq ishlaydi? Sababi, uning unumdorligi 486
protsessori bilan
taqqoslaganda yo‘qori tezlikka ega, chunki buyruqni bajarish uchun unga
386 ga qaraganda o‘rtacha ikki marta kam takt talab qilinadi. Pentium
protsessori uchun esa 486 ga qaraganda ikki marta kam bo‘lgan takt zarur
bo‘ladi .Shunday qilib, 133 MGts (AMD 5x86-133 tipdagi) takt chastotali
486
protsessori, 75 MGts takt chastotali Pentiumga qaraganda sekinroq
ishlaydi! Pentium bir turdagi chastotada 486ga qaraganda ikki marta ko‘p
buyruqni bajaradi. Pentium II va Pentium III lar Pentium protsessoridan
ular ishlayotgan chastotada taxminan 50% tezroq ishlaydi, chunki aynan shu
miqdordagi sikl davomida ular ko‘proq buyruqlarni bajaradi.
Protsessorlarning nisbiy samaradorligini taqqoslay turib, 1 000 MGts
takt chastotasida ishlovchi Pentium III protsessorining unumdorligi, nazariy,
1 500 MGts chastotada ishlovchi Pentium protsessorining unumdorligiga
teng, u esa o‘z navbatida 3 000 MGts takt chastotasida ishlovchi 486
protsessorining unumdorligiga, u esa 6 000 MGts chastotada ishlovchi 386
yoki 286 protsessorlarining, yoki 12000 MGts takt chastotasida ishlovchi
8088 protsessorining unumdorligiga teng
ekanligiga ishonch hosil
qilamiz.Agar 8088 protsessorli dastlabki PC 4,77 MGts ga teng bo‘lgan takt
chastotasida ishlaganligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, hozirgi kompyuterlar
ular bilan taqqoslaganda 1,5 mingdan tezroq ishlaydi. Shuning uchun,
kompyuterlarning samaradorligini takt chastotasiga asoslanib taqqoslash
mumkin emas; tizimning unumdorligiga boshqa faktorlar ham ta’sir
ko‘rsatishini e’tiborga olish zarurdir.
Protsessorning takt chastotasi va