69
Masalan, Celeron 600 protsessori tizimli plataning takt chastotasidan(66
MGts) to‘qqiz marta katta bo‘lgan
takt chastotasida ishlaydi, Pentium III
1000 tizimli plataning takt chastotasidan etti yarim baravar katta bo‘lgan
chastotada ishlaydi (133 MGts). Tizimli platalarning ko‘pchiligi 66 MGts
takt chastotasida ishlaydi; aynan shunday chastotani 1998 yilgacha Intelning
barcha protsessorlari qo‘llar edi va yaqinda shu firma 100 MGtsga
mo‘ljallangan tizimli mantiq mikrosxemalar majmuyini va protsessorlarini
ishlab chiqdi.
Cyrix firmasining ba’zi protsessorlari 75
MGts da ishlash uchun
nazarda tutilgan va Pentium uchun mo‘ljallangan ko‘plab tizimli platalar
ham shu chastotada ishlay oladi Odatda tizimli plataning takt chastotasini
va ko‘paytuvchsini ulovchi yordamida yoki boshqa tizimli platani
konfiguratsiyalash protseduralari orqali aniqlash mumkin (masalan, BIOS
parametrlarini o‘natish dasturidagi mos qiymatlarni tanlash yordamida ).
1999 yil oxirlarida 133 MGtsga mo‘ljallangan tizimli platalar paydo
bo‘la boshladi. Bu platalar Pentium III protsessorining
barcha zamonaviy
rusumlarini qo‘llar edi. Shu davrda AMD firmasi Athlon protsesorini,
shuningdek protsessor va North Bridge mikrosxemalari
majmuining bir
qismi bilan ma’lumot uzatishning ikkilangan koeffitsientiga ega bo‘lgan
(ya’ni 200 MGts chastotali), 100 MGtsni qo‘llaydigan tizimli platalarni
chiqardi.
Zamonaviy
kompyuterlarda, odatda tizimli platada joylashuvchi,
o‘zgaruvchan chastota
generatoridan foydalaniladi; u tizimli plata va
protsesor uchun tayanch chastotasini vujudga keltiradi. Pentium
protsessori
tizimli platalarining aksariyatida takt chastotasining, uch yoki to‘rt
qiymatidan bittasini o‘rnatish mumkin.
Bugunga kelib, berilgan tizimli
plataning takt chastotasiga bog‘liq holda, turli
chastotalarda ishlovchi
protsessorlarning ko‘plab talqinlari chiqarilmoqda. Masalan, aksariyat
70
Pentium protsessorlarining tezligi tizimli plataning tezligidan bir necha
marta oshib ketadi.