76
maksimal unumdorlikka va ko‘p masalali operatsion tizimlar bilan ishlash
imkoniyatiga erishishni ko‘zlagan edilar .
Intel 386 protsessorini 1985 yili chiqardi,uning asosidagi tizimlar esa,
masalan, Compaq Deskpro 386 va boshqalar 1986 yili oxirida 1987 yil
boshida paydo bo‘la boshladi. Keyinroq IBM 80 rusumdagi PS/2 sinfidagi
kompyuterni chiqardi. 386 protsessori 1991 yilgacha birinchilikni ushlab
turdi, so‘ng uni mukammalroq bo‘lgan va kundan-kunga arzonlashayotgan
486 va Pentium protsessorlari siqib chiqara boshladi.
Biroq u qimmat
bo‘lmagan va o‘zining vaqti uchun yo‘qori unumdorli bo‘lgan portativ
kompyuterlarda keng qo‘llanilar edi.
386 (3.26-rasm) protsessori real rejimda, 8086 va 8088
protsessorlarining buyruqlarini taktning
kam miqdorida bajara olar
edi.Taktlarning o‘rtacha miqdori 286 niki singari 4,5 ga teng. Shunday qilib,
386 va 286 protsessorli kompyuterlarning takt chastotalari teng bo‘lganda,
“toza ” unumdorligi ham teng bo‘ladi. Kompyuterlarni 286 protsessorning
bazasida ishlab chiqaruvchi ko‘p firmalar ularning takt chastotasi 16 va 20
MGts ga teng bo‘lgan tizimlarining tezligi, 386 protsessorli, huddi shunday
kompyuterlarning tezligiga tengligini tasdiqlar edilar.Va ular xaq edilar! 386
protsessorning real unumdorligi, qo‘shimcha dasturiy imkoniyatlarni kiritish
va
MMU
(MemoryManagement
Unit)
xotira
dispetcherini
mukammallashtirish hisobiga erishildi.
386 protsessori himoyalangan rejimga va real rejimga kompyuterni
oldindan qayta yuklamasdan o‘ta oladi.
Bundan tashqari,real rejimda bir-
biridan himoyalangan birdaniga bir nechta rejimlar bajariladigan virtuyal
rejimlar (
virtual real mode) bajarilishi ko‘zda tutilgan.
386 protsessorining himoyalangan rejimi 286
protsessorining
himoyalangan rejimi bilan to‘la moslashuvchan. Uni ko‘p hollarda tabiy
(
native mode) deb ataladi,chunki ikki protsessor ham OS/2 va Windows
NT operatsion tizimlar uchun ishlab chiqilgan.
Yangi MMU xotira
77
dispetcherining ishlab chiqilishi, himoyalangan rejimda xotirani
manzillashning qo‘shimcha imkoniyatlarini tug‘dirdi.Chunki, yangi MMU
286 protsessorining huddi shunday tuguni
bazasida ishlab chiqilgan, 386
protsessorining buyruqlar tizimi 286 bilan to‘liq moslashuvchan edi. 386
protsessoridagi yangicha usul, 8086 protsessorining ishiga taqlid qiladigan,
virtual rejim o‘rnatilishidir.
Biroq bunda DOS va boshqa operatsion tizimlarning bir nechta
shinalari,o‘zining himoyalangan xotira qismlaridan foydalanib,
bir vaqtda
ishlay oladi.
Bir qismdagi dasturning ishlamay qolishi yoki osilib qolishi tizimning
alohida bo‘limlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ishdan chiqqan nusxani qayta
yuklash mumkin .386 protsessorning turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular
samaradorligi bilan, iste’mol qiladigan quvvati va boshqa parametrlari bilan
bir-biridan farq qiladi.