7
1-2-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Kompyuterlarning tashkiliy qismlari, asosiy
ko’rsatkichlari va xususiyatlari;
Ishdan maqsad: Kompyuterlarning tashkiliy qismlari asosiy
ko‘rsatgichlari va xususiyatlari o‘rganish va ular haqida
ma’lumotga ega bo’lish.
Nazariy qism:
Kompyuter – inglizcha so‘z bo‘lib, u hisoblovchi demakdir.
Kompyuter - bu turli hajmdagi, har xil ko‘rinishdagi axborotlarni tezlik bilan
ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmadir. Shaxsiy
kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular
apparat ta’minot
(hardware) va
dasturiy ta’minot (software) lardir.
Shaxsiy kompyuter
Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda
kompyuterning asosiy
texnik qismlari va qo‘shimcha (atrof) qurilmalaridir.
Dasturiy ta’minot
kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo‘lib, u ma’lumotlarga ishlov
beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo‘lgan
hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz
har qanday kompyuter
bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi. Kompyuterning apparat va
dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday amalga oshiriladi? Avvalo
ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim.
Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog’lanish ─ bu,
apparat
interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog’lanish esa ─ dasturiy
interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bog’lanish ─ apparat
─ dasturiy interfeys deyiladi. Shaxsiy kompyuterlar
haqida gap ketganda
kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni
insonni