Umumiy maqsadli АДТ ─ soha mutaxassisi bo‘lgan foydalanuvchi
axborot texnologiyasini qo‘llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko‘plab
dasturlarni o‘z ichiga oladi. Bular:
─ kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni
ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (МББТ);
─ matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli
holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari;
─ grafik muharrirlar;
─ hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar;
─ taqdimot qilish vositalari, ayni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda
namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo‘ljallangan
maxsus dasturlar.
Ofis АДТ idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi
dasturlarni o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
─ rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi,
uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv
kitoblarini olib boruvchi dasturlar;
─ tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni ko‘rsatilgan tilga
tarjima qilishga mo‘ljallangan dasturlar;
─ skaner yordamida o‘qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga
binoan o‘zgartiruvchi dasturiy vositalar;
─ tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi
orasidagi o‘zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.
Kichik nashriyot tizimlari “kompyuterli nashriyot faoliyati” axborot
texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichim solish va tahrirlash, avtomatik
ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn
orasiga qo‘yish va hokazolarni bajaradi.
Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan
yangi sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o‘zgarishi,
10
lazerli
disklarning
paydo
bo‘lishi,
ma’lumotlarning
tarmoqli
texnalogiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi.