94
MODEM
MODEM
(MOdulyator-
DEModulyator) — aniq
bir aloqa
kanalida ishlatish uchun qabul qilingan
signallarni to‘g’ri (modulyator) va
teskari (demodulyator) o‘zgartirish
qurilmasidir.
Еng avvalo modem quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan:
➢ uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga
(analog signallarga) o‘zgartirish;
➢ qabul qilishda: qabul qilingan signalni
holaqitlardan filtrlash va
detektorlash uchun, ya’ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga
teskari o‘zgartirish.
Ma’lumotlarni uzatishda bajariladigan o‘zgartirish odatda ularning
modulyatsiyasi bilan bog’langan.
Modulyatsiya — bu signalning biror
parametrini aloqa kanalida
(modulyatsiya qilinadigan signalni) uzatilayotgan
ma’lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyatsiya
qiladigan signalni) o‘zgartirishdir.
Demodulyatsiya — bu modulyatsiya qilingan signalni (balki aloqa
kanalidan o‘tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyatsiya
qiladigan signalga teskari o‘zgartirishdir.
95
PRINTER
Bosuvchi qurilmalar (printerlar)
—
bu qiymatlarni
ЕHM dan
chiqarish qurilmasi bo‘lib, u
ma’lumotning ASCII
kodlarini ularga
mos kelgan
grafikli
belgilarga (harflar, raqamlar,
ishoralarga va sh.o‘.) o‘zgartiradi va bu belgilarni qog’ozda qayd
еtadi. Printerlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
➢
Matritsali printerlar
➢ Purkagichli printerlar ➢ Lazerli printerlar