|
Kompyuter tizimining tuzilishini tashkil etish
|
bet | 1/3 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 429,49 Kb. | | #250690 |
Bog'liq Kompyuter tizimining tuzilishini tashkil etish ABDUQAHHOROV BOTIRJON 610.22 GURUH REJA - Kombinator sxemalar yoki kombinatsion sxemalar.
- Buyruqlar tizimi arxitekturasi.
- Stek arxitekturasi.
- Asosiy mantiqiy elementlar
Hozirgi paytda amaliyotda mantiqiy sxemalarni qurishda alohida-alohida ventillarni birlashtirgan modullardan iborat standart «qurilish» bloklaridan foydalaniladi. Ushbu qismda biz ana shunday standart bloklarni, ularni alohida-alohida ventillar yordamida qanday hosil qilishni va qanday qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz. Bunday qurilish bloklarining, ya’ni asosiy raqamli mantiqiy sxemalarning - kombinator va arifmetik sxemalar deb nomlanadigan xillari mavjud
.Kombinator sxemalar yoki kombinatsion sxemalar: - .Kombinator sxemalar yoki kombinatsion sxemalar:
- - multipleksorlar;
- - dekoderlar;
- - komparatorlar;
- - dasturlanadigan mantiqiy matritsalar.
- 2.Arifmetik sxemalar:
- - siljitish sxemalari;
- - jamlagichlar;
- - arifmetik-mantiqiy qurilmalar.
Asosiy mantiqiy sxemalar – integral sxemalar yoki mikrosxemalar degan umumiy nom bilan ham ataladilar. Integral sxema o‘lchamlari tahminan 5x5 mm (2x2 mm) ega kvadrat shaklidagi kremniy bo‘lagidan iborat bo‘ladi. Bunday bo‘laklarga kamida 1 tadan 10 tagacha ventillar joylashtirilishi mumkin bo‘ladi va ular kichik integral sxemalar deb ataladi.
Tashqi qismida ikki qatorli chiqish oyoqchalariga ega bo‘lgan integral sxemalar rasmiy tarzda chiqishlari ikki qator qilib joylashtirilgan korpus (Dual Inline Package, DIP) yoki mikrosxema deb ataladi. Ko‘pincha korpuslar 14, 16, 18, 22, 24, 28, 40, 64 yoki 68 ta chiqishlarga ega bo‘ladi. Katta mikrosxemalar uchun esa chiqishlari to‘rttala tomonida yoki tagida joylashgan korpuslardan foydalaniladi
Tarkibida bor bo‘lgan ventillar soni nuqtai nazaridan mikrosxemalarni, bir nechta sinflarga ajratish mumkin. Hozirda ham mikrosxemalarni shu tarzda sinflarga ajratib o‘rganish foydadan holi bo‘lmaydi va to‘g‘ri xisoblanadi. Negaki ular turli xil xususiyatlarga ega bo‘lib, turli xil maqsadlarda qo‘llanilishlari mumkin: 1.Kichik integral sxemalar – tarkibida 1 tadan 10 tagacha ventillar bo‘lgan mikrosxemalar.
Ushbu mikrosxemaning 12-ta chiqish oyoqchalari, uning tarkibidagi ventillarning kirish va chiqish signallari uchun mo‘ljallangan. Mikrosxemaning 7-nchi chiqish oyoqchasi uni «erga» ulash uchun, 14-inchi chiqish oyoqchasi esa unga beriladigan kuchlanish manbai uchun ajratilgan. Rasmdagi mikrosxemaning chap tomonida ko‘rsatilgan botiqlik esa, undan o‘ng tomonda mikrosxemaning 1-inchi chiqish oyoqchasi joylashganligini anglatadi. Mikrosxemaning qolgan oyoqchalarining raqamlanishi, rasmda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshirilgan. O‘rta, katta va o‘ta katta mikrosxemalarda ham, ularning chiqish oyoqchalarining raqamlanishi ana shu tartibda amalga oshiriladi.
|
| |