Hozirgi davrda ko‘plab OTmavjud




Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana11.04.2022
Hajmi1.11 Mb.
#19590
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu. Ma\'ruza. K. A. KOMPYUTER TIZIMLAR XUSUSIYATLARI
Davriy sistemaning 1A Guruh elementlari, O\'quv kurslari jurnali, ST 9-m Документ Microsoft Word, 18
Hozirgi davrda ko‘plab OTmavjud: 
— UNIX; 
— MS DOS; 
— OSG2; 
— SOLARIS
— WINDOWS 95, NT, 98; 
— WINDOWS 7, 8.1, 10, 11; 
Drayver so‘zi ingliz tilidan tarjima qilinganda “Boshqaruvchi” degan 
ma’noni anglatadi. Kompyuterga o‘rnatilgan har qanday qurilma to uning drayveri 
ishga tushirilmaguncha kompyuterga bog‘lana olmaydi. Misol uchun kompyuterga 
modem ulansa to uning drayverini o‘rnatmaguncha modemdan foydalanib 
bo‘lmaydi. Chunki modemga boshqaruvchi kerak bo‘ladi. Aynan drayver modemni 
yoki kompyuterning boshqa tarkibiy qismlarini boshqarishni o‘z zimmasiga oladi. 
Birinchi shaxsiy kompyuterlar OT ga ega emas edi va bunda kompyuter 
tarmoqqa ulanishi bilan protsessor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda 
murakkab bo‘lmagan dasturlash tili, masalan, Beysik yoki shunga o‘xshash tilni 
qo‘llovchi ya’ni uni tushunib, unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus 
dastur yozilgan bo‘lar edi. Ushbu til buyruqlarini o‘rganish uchun bir necha soat 
kifoya qilar, so‘ngra kompyuterga uncha murakkab bo‘lmagan dasturlarni kiritish 
va ular bilan ishlash mumkin bo‘lar edi. Kompyuterga magnitofon ulangach, boshqa 
dasturni ham bog‘lash imkoniyati yaratildi. Buning uchun bitta, LOAD buyrug‘i 
kifoya edi, holos. 
Diskdagi dasturlarni faqat nomi orqali murojat etish imkonini beruvchi 
operatsion tizim ishlab chiqildi va u disk operatsion tizimi (DOT) deb nom oldi. 


1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC kompyuterlarni asosiy operatsion tizimi 
MS DOS edi. Shu yillar ichida u MS DOS 22 versiyasigacha bo‘lgan rivojlanish 
bosqichlarini bosib o‘tdi.
MS DOS foydalanuvchi bilan kompyuterning apparat ta’minoti o‘rtasidagi 
«vositachi» bo‘lib xizmat qildi. Kompyuterni ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish 
bo‘yicha ko‘pgina ishlar ham MS DOSda bajarilar edi. 
WINDOWS 95, WINDOWS NT, WINDOWS 98lar grafik interfeysli OTlar 
hisoblanadi, chunki ular foydalanuvchi bilan grafik tasvirlar (yorliqlar, belgilar) 
yordamida muloqot qilish imkonini bera boshladi. Tarmoqqa ulangan 
kompyuterlarni yakkahol va birgalikda ishlashini ta’minlovchi maxsus dasturlar 
majmuasidan iborat. OT— tarmoq operatsion tizimi deb ataladi. Ushbu OT
jumladan, tarmoqlar aro ma’lumotlarni ayirboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish 
kabi xizmatlarni ko‘rsatadi.
Dasturiy ta’minot va apparat turli shaxslar yoki kompaniyalar tomonidan 
yaratilgan va ikkita butunlay boshqa tillarda tuzilgan, shuning uchun tarjimon 
(driver) ular bilan muloqot qilishga imkon beradi. Qurilma drayverlari yordamida 
ko‘pgina dasturiy ta’minot dasturlari apparat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashni 
bilishning hojati yo‘q va driverga foydalanuvchilar bilan o‘zaro muloqot qilish 
uchun to‘liq dastur tajribasini kiritish shart emas.

Download 1.11 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish