|
Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” fanidan 1-oraliq nazorat savollari 1,Fanning maqsad va vazifalari. «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari»
|
bet | 2/16 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 120,83 Kb. | | #131927 |
Bog'liq Kampyuter tizimlari oraliq javoblari5,Shaxsiy kompyuterning tarkibi.
6. Mikroprotsessor va uning tarkibi.
Mikroprotsessor (MP) – shaxsiy kompyuterning markaziy qurilmasi bo’lib kompyuterning barcha bloklarini boshqarish va axborotlar ustuda arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo’ljallangan.
Boshqarish qurilmasi (BQ)
Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ)
Mikroprotsessor xotirasi (MPX)
7. Mikroprotsessorning boshqarish qurilmasi vazifasi
Kerakli vaqt momentlarida kompyuterning barcha bloklariga ma‘lum boshqarish signallarini (boshqarish impulslarini) bajarilayotgan operatsiyalarning xususiyatlaridan va oldingi bajarilgan operatsiyaning natijasidan kelib chiqqan holda beradi; bajarilayotgan operatsiya ishlatadigan xotira yacheykasining manzilini hosil qiladi va bu manzilni kompyuterning tegishli blokiga uzatadi; boshqarish qurilmasi tayanch impulslar ketma-ketligini takt impulslar generatoridan oladi.
8,Mikroprotsessorning arifmetik-mantiqiy qurilmasi vazifasi
Barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni sonli va belgili axborotlar ustida bajarish uchun mo’ljallangan (kompyuterlarda operatsiyalarning bajarilishini tezlatish uchun AMQ ga qo’shimcha matematik soprotsessor ulanadi).
9,Mikroprotsessorning asosiy ko’rsatgichlari
Mikroprotsessor (MP) – shaxsiy kompyuterning markaziy qurilmasi bo’lib kompyuterning barcha bloklarini boshqarish va axborotlar ustuda arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo’ljallangan.
10. Takt impulslar generatorining vazifasi
Takt impulslar generatori elektor impuls ketma-ketliklarini hosil qiladi, uning chastotasi tizimli shinaning takt chastotasini aniqlab beradi. Mikroprotsessorning takt chastotasi ancha yuqori: u shinaning takt chastotasini N marta oshirilganiga teng (N chastota ko’paytiruvchisidir). Ikkita impuls oralig’idagi vaqt bitta takt vaqtini aniqlab beradi, yoki oddiy qilib mashinani ishlash takti deb aytiladi. Takt impulslar generatorining chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy ko’rsatgichlaridan biri bo’lib, ko’pincha uning ishlash tezligini aniqlab beradi, chunki hisoblash mashinasida har bir operatsiya maʻlum taktlar sonida bajariladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” fanidan 1-oraliq nazorat savollari 1,Fanning maqsad va vazifalari. «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari»
|