|
Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” fanidan 1-oraliq nazorat savollari 1,Fanning maqsad va vazifalari. «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari»
|
bet | 7/16 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 120,83 Kb. | | #131927 |
Bog'liq Kampyuter tizimlari oraliq javoblari27.HDD disklar haqida.
HDD) – qattiq disk yoki magnitli qattiq disk bo‘lib, ma’lumotlarni saqlovchi kompyuterning asosiy qismi hisoblanib, ishlash prinsipi esa magnitli yozish hisoblanadi. kompyuteringizdagi video, rasm, musiqa va boshqa fayllaringiz aynan shu qismda saqlanadi.
28.SSD disklar haqida.
SSD disk — bu qattiq diskning(накопитель) bir turi bo'lib, kontroller va mikrosxemalardan tashkil topgan bo'ladi. Uning ichida HDD ichida joylashgan qandaydir harakat qiluvchi disklar bo'lmaydi. SSD disklarning 2 turi mavjud bo'lib, ulardan biri SSD flesh, ikkinchisi SSDRAM deb nomlanadi. Ikkinchi turi dunyodagi eng tez ishlovchi disk hisoblanadi, narxi ham ancha qimmat.
29. Kompyuter tarmoqlari va uning turlari.
Kompyuterlar orasida ma'lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog'lash ehtiyoji paydo bo'ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog'lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:
1. Kabel yordamida bog'lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o'ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog'lanadi.
2. Simsiz bog'lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya'ni radio to'lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog'lanadi. Bir-biri bilan bog'langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog'ini tashkil etadi.
30. Server tushunchasi?
Server — tarmoq abonenti bo‘lib, u o‘z resurslarini boshqa abonentlarga foydalanishga berib, lekin o‘zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir necha bo‘lishi mumkin, server uchun eng quvvatli kompyuter bo‘lishi shart emas. Ajratilgan server — bu server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi. Ajratilmagan server tarmoqqa xizmat ko‘rsatishdan tashqari, boshqa masalalarni ham hal qilishi mumkin.
31.Mijoz tushinchasi?
Mijoz — faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa o‘z resurslarini ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya’ni tarmoq unga xizmat qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” fanidan 1-oraliq nazorat savollari 1,Fanning maqsad va vazifalari. «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari»
|