• 35. Halqa topologiyasi.
  • Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” fanidan 1-oraliq nazorat savollari 1,Fanning maqsad va vazifalari. «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari»




    Download 120,83 Kb.
    bet9/16
    Sana08.01.2024
    Hajmi120,83 Kb.
    #131927
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
    Bog'liq
    Kampyuter tizimlari oraliq javoblari

    34. Yulduz topologiyasi.
    «Yulduz» — bu markazi aniq mavjud topologiya bo‘lib, bu markazga barcha abonentlar ulanadi. Barcha axborot almashinuvi faqat markaziy kompyuter orqali amalga oshiriladi, shuning uchun u tarmoqqa xizmat ko‘rsatadi va bu kompyuterning yuklamasi juda yuqoridir. Markaziy kompyuterning tarmoq qurilmalari tashqi abonentlarning qurilmalariga nisbatan keskin ko‘p bo‘ladi. Abonentlarning bu hol uchun teng huquqligi haqida so‘z ham yuritib o‘tirilmaydi. Odatda, aynan markaziy kompyuter eng ko‘p quvvatga ega bo‘ladi, sababi axborot almashish vazifasini boshqarish faqat shu kompyuter orqali amalga oshiriladi. «Yulduz» topologiyali tarmoqlarda hech qanday konflikt holat bo‘lishi mumkin emas, chunki boshqarish markazlashtirilgan. Konflikt holatga o‘rin yo‘q.

    «Yulduz» topologiyasidagi tarmoq kompyuterlarining buzilishga barqaror ishlashi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, tashqi kompyuterlardan birining buzilishi tarmoqda ishlayotgan kompyuterlarga ta’sir qilmaydi, lekin markaziy kompyuterning har qanday buzilishi tarmoqning butunlay ishdan chiqishiga olib keladi. Kabellardan birortasida uzilish yoki qisqa to‘qnashuv ro‘y bersa, «Yulduz» topologiyasida faqat bitta kompyuterda axborot almashinuvi to‘xtaydi, qolgan hamma kompyuterlar odatdagicha ishini davom ettirishi mumkin. «Shina» dan farqli «Yulduz» da har bir aloqa yo‘lida faqatgina ikkita abonent bo‘ladi: markaziy va tashqi kompyuterlardan biri. Ko‘pincha kompyuterlarni ulash uchun ikkita aloqa yo‘li ishlatiladi, ulardan har biri axborotni faqat bir tarafgagina uzatadi. Shunday qilib, har bir aloqa yo‘lida faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma ishlatiladi. Bu holat tarmoq qurilmalarini «Shina» topologiyasiga nisbatan sezilarli darajada kamaytirishga olib keladi va qo‘shimcha tashqi terminatorlardan foydalanishga ham hojat qolmaydi.


    35. Halqa topologiyasi.
    «Halqa» topologiyasi — bu har bir kompyuter aloqa yo‘llari faqat ikkita boshqa kompyuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Har bir aloqa yo‘llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu holat tashqi terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Halqa» topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir kompyuter o‘ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya’ni repiter vazifasini ham bajaradi, shuning uchun butun halqa bo‘ylab signalning so‘nish muammosi bo‘lmaydi. Muhimi, halqadagi ikki kompyuter o‘rtasidagi so‘nishdir. Bu holatda aniq ajratilgan markaz yo‘q, tarmoqdagi hamma kompyuterlar bir xil bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha halqada maxsus abonent ajratilib, u axborot almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi. Ma’lumki, tarmoqda bunday boshqaruvchi abonent mavjudligi tarmoqning mustahkamlik darajasini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi butun tarmoqda amalga oshirilayotgan axborot almashinuvini shu zahotiyoq to‘xtatadi.
    «Halqa» topologiyasida tarmoqdagi har bir kompyuterga ikkitadan kabel o‘tkazilishini kamchilik («Yulduz»ga nisbatan), deb hisoblashimiz mumkin. Ba’zi hollarda «Halqa» topologiyasida ikkita aloqa yo‘li o‘tkazilib, bu aloqa yo‘llarida axborot qarama-qarshi tomonga uzatiladi. Bunday yechimning maqsadi — axborot uzatish tezligini ikki marotaba oshirish. Shuningdek, kabellardan biri shikastlanganda tarmoq ikkinchi kabel hisobiga ish faoliyatini davom ettirishi mumkin (lekin kam tezlik bilan).

    Download 120,83 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




    Download 120,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” fanidan 1-oraliq nazorat savollari 1,Fanning maqsad va vazifalari. «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari»

    Download 120,83 Kb.