|
Kompyuter va uning axborot ta’minoti
|
bet | 1/41 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 156,28 Kb. | | #121143 |
Bog'liq Kompyuter va uning axborot ta’minoti-fayllar.org (1)
Kompyuter va uning axborot ta’minoti
KOMPYUTER VA UNING AXBOROT TA’MINOTI
Programmalarning turli xillari mavjud bo’lib, ularning har biri ma’lum bir ishni bajarishga mo’ljallangan. Lekin insonlarga o’xshab, EHM lar ham qandaydir ko’rsatmalarga yoki programmaviy ta’minotga muhtoj bo’ladi, chunki busiz ularning ishini, ichki va tashqi xotiralar bilan ishlashni, qo’shimcha qurilmalarga murojaat qilishni, foydalanuvchilar bilan muloqotni va kompyuter tarkibiy qismlarining bir maromda ishlashini ta’minlash mumkin emas. Bu muammolarni xal qilish uchun qanday turdagi programmalar ishlatilishi mumkin deb o’ylaysiz? Kompter xotirasida juda katta miqdordagi qo’shimcha joy egallaydigan ushbu programmalarsiz u bilan samarador ishlashni amalga oshirish mumkinmi yoki yo’qmi? Agarda shunday turdagi programmalar mavjud bo’lmasa kompyuter bilan muloqot qanday ravishda o’zgaradi? Bunday turdagi programmalarni qanday asosiy guruhlarga ajratgan bo’lar edingiz? EХMdan foydalanish samaradorligini oshirishga, uni ishlatishni yengillashadi va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashni osonlashtirishga mo’ljallangan programma vositalari kompleksiga programma ta’minoti sistemasi (PTS) deb yuritiladi. EHMning PTS o’z ichiga turli xil programmalar to’plamini oladi (3.1 rasm). Programmalashni avtomatlashtirish sistemasi (PAS) foydalanuvchilar programmalarini yaratish jarayonini engillashtirish va avtomatlashtirishga mo’ljallangan bo’lib PTS ning bir qismi hisoblanadi. Rivojlangan PASlar programmalashtirish tillari, translyatorlar va sozlash programmalarini o’z ichiga oladi. Sozlash programmalari tuzilgan programmalar ishining to’g’riligini tekshirish va xatolarni topish uchun ishlatiladi.
EXMda masalalarni yechish jarayonini ta’minlash va uni osonlashtirish uchun operatsion sistema deb ataluvchi programmalar kompleksi ishlatilib, u boshqaruvchi va qayta ishlovchi programmalar guruxidan iborat. Boshqaruvchi programmalar EXM qurilmalari ishini boshqaradi, ya’ni EHM qurilmalari ishini, kiritish, tayyorlash va boshqa programmalarning bajarilishini tashkil qiladi va boshqaradi.
Qayta ishlovchi programmalar ma’lumotni qayta ishlash bilan bog’liq yangi programmalarni EXMda ishga tushirib, masalalarni yechishga va boshlang’ich ma’lumotlarni tayyorlash ishlarini bajarishga xizmat qiladi. Texnik xizmat qilish programmalari EXM ning profilaktika ishlarida, diagnostika masalalarini yechishda va undagi nosozliklarni aniqlashda hamda boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Amaliy programma paketlari tarkibiga insonning kundalik amaliy faoliyatida vujudga keladigan ilmiy, texnik, moliyaviy va turli-tuman iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan, operatsion sistema imkoniyatlarini va funktsiyasini kengaytirishga hamda boshqa bir qancha konkret maqsadlarga mo’ljallangan programmalar kompleksi kiradi. Yuqorida tasvirda ko’rsatilgan translyatorlar amaliy programmalarni algoritmik tillardan mashina tiliga o’giruvchi tarjimon programmalardir. Ular ikki xil bo’ladi: kompilyatorlar va interpretatorlar.
Interpretatorlar programmalashtirish tilida yozilgan programmani bosqichma-bosqich (yoki qatorma-qator) mashina tiliga o’girib va darhol bajarib borsa, kompilyatorlar esa butun programmani birdaniga mashina tiliga o’giradi va agarda uning xatosi yoki kamchiligi bo’lmasa, uni bajarishni amalga oshiradi.
Bir marta kompilyatsiya qilingan programma boshqa kompilyatsiya qilinmaydi, negaki uning natijasi ishlovchi programmani xosil qiladi. Interpretatorda esa programma har bir bajarilishida qaytadan mashina tiliga o’giriladi va bosqichma-bosqich bajarila boradi. Xususiy kompyuterning ham foydalanuvchi uchun qulay va samarador bo’lishi unda qanday programmaviy ta’minot mavjudligi bilan aniqlanadi. Lekin programmaviy ta’minotning qanday turlari foydalanuvchi uchun zarur bo’lishi uning qaysi soxada faoliyat ko’rsatishi bilan aniqlanadi. Endi o’zingizni iqtisod soxasida faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassis sifatida faraz qilgan holda qaysi turdagi programmaviy ta’minot Sizning kundalik ishlarni bajarishingiz uchun kerak bo’lishini o’ylab topishga xarakat qiling. Kompyuter ishlaganda uni boshqarish uchun kerak bo’ladigan programmalar bilan amaliyotda qo’llaniladigan programmalar orasida qanday farq bo’lishi mumkin? Kompyuterning programmaviy ta’minoti ularning qo’llash samaradorligini oshirish, undan foydalanishni osonlashtirish va foydalanuvchilar programmalarini tayyorlashning mehnat sarfini kamaytirishi uchun mo’ljallangan programmalar sistemasidan iborat.
Kompyuter programmalar ta’minotining to’plami quyidagi guruhlarga ajraladi:
- sistemaviy programmalar – xilma-xil qo’shimcha ishlarni bajarishga imkon beradi, masalan, kompyuterning ishlash jarayoni davomida nosoz qurilmalarni diagnostika va nazorat qilish vositalari, ma’lumotlarning nusxalarini olib qo’yish, kompyuter
|
| |