• MIKROPROTSESSORLARNI TEXNIK XUSUSIYATLARI
  • KOMPYUTERNI ICHKI VA TASHQI QURILMALARI




    Download 156,28 Kb.
    bet5/41
    Sana17.12.2023
    Hajmi156,28 Kb.
    #121143
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
    Bog'liq
    Kompyuter va uning axborot ta’minoti-fayllar.org (1)

    KOMPYUTERNI ICHKI VA TASHQI QURILMALARI
    Kompyuterning ichki va tashqi portlari Bu maqolada biz kompyuterning ichki va tashqi portlari haqida ma`lumotga ega bo`lish va ishlash tartibini o`rganish. Kompyuter interfeysi va tarmog`i haqida ko`nikmaga ega bo`lish haqida malumotga ega bo’lamiz.
    Informatsion texnologiyalarda port – bu yuborilayotgan va qabul qilinayotgan axborotlar o`rtasidagi bog`lanishni tashkil etadi (mantiqiy yoki fizik).Odatda quyidagilar:
    Qurilmali (apparatli) portlar – bu asosan kompyuterning fizik qurilmasi bo`lib u asosan vilka yoki kabel yordamida kompyuterga bog`lanadi.Ularga quyidagilar kiradi:
    Parallel port, Davomli port, USB, PATA/SATA, IEEE 1384 (FireWire), PS/2
    Kiritish- chiqarish porti – mikroprotsessorlarda (masalan Intel) qurilmalar yordamida ma`lumotlar almashish imkonini beradi. Kiritish- chiqarish porti dasturga ma`lumotlar berish va uni almashishni tashkil etadi.
    Tarmoqli port – TCP va UDP protokol parametrlari bo`lib u IP formatidagi m a`lumotlar paketi qo`llanilishini aniqlaydi.
    Kompyuterning tashqi qurilmalari bilan axborot almashishi jarayonini, kopmyuterning tashqi interfeysi tashkil qiladi. Tashqi interfey tashqi portlar, shinalar, kopmyuterlar birlashmasi va tashqi qurilmalar jamlamasidan iboratdi. Asosan kopmyuter va tashqi qurilmalarni bir-biriga bog’lashda shinalardan foydalaniladi.
    Kopmyuterga printer, scaner, sichqoncha, klaviatura va shunga o’xshash qurilmalarning kompyuterga ulanishi tashqi interfeysga misol bo’ladi. Tashqi interfeysni amalga oshirish uchun unga apparat va dasturiy ta’minot: tashqi qurilmani boshqaruvchisi (controller) va controller ni boshqaruvchi maxsus dastur, drayver (driver) kerak bo’ladi.Har qanda kopmyuterda tashqi interfeys bir qancha portlar, jumladan, LPT, PS/2, COM, USB, … kabilar orqali amalgam oshiriladi.


    MIKROPROTSESSORLARNI TEXNIK XUSUSIYATLARI
    Mikroprotsessor (MP) shaxsiy kompyuter (SHK)ning markaziy bloki bo’lib, u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi.
    Boshqarish qurilmasi (BQ): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu signallar bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykalari adreslarini shakllantiradi va bu adreslarni EHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi impulslarning tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi.
    Arifmetik-mantiqny qurilma (AMK) — sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan (SHK larning ba’zi modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik soprocessor ulanadi).
    Mikroprotsessorli xotira (MPX) — mashina ishlashining eng yaqin taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez ishlovchi mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi. Registrlar — turli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt standart uzunlikka ega bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan farqli o’laroq).
    Mikroprotsessorning interfeysli tizimi SHKning boshqa qurilmalari bilan ulash va aloqa qilish uchun mo’ljallangan, u o’z ichiga MPning ichki interfeysi, buferli eslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP), boshqarish sxemalari va tizimli shinani oladi.
    Interfeys (interface) — kompyuter qurilmalarini o’zaro moslash va aloqa qurilmalari to’plami bo’lib, ularning o’zaro samarali ishlashini ta’minlaydi.
    Kiritish-chiqarish porti (I/O port) — ulash texnik aviyurasi bo’lib, mikroprotsessorga boshqa qurilmalarni ulash imkonini beradi.
    Taktli impulslar generatori chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy tavsiflaridan biri hisoblanadi va ko’p jihatdan uning ishlash tezligini aniqlaydi, negaki mashinadagi har bir amal ma’lum taktlar soni davonida bajariladi.
    Tizimli shina — kompyuterning asosiy interfeysli tizimi bo’lib, u kompyuterning barcha qurilmalari orasidagi o’zaro ulanishni va aloqani ta’minlaydi.
    Tizimli shina quyidagilarni o’z ichiga oladi:
    • qiymatlarning kodli shinasi (AQSH), u operand sonli kodining (mashina so’zi) hamma razryadlarini parallel uzatish uchun simlar va ulash sxemalarini o’z ichiga oladi;
    • adresning kodli shinasi (AQSH), u asosiy xotira yacheykalarining va tashqi qurilma kiritish-chiqarish portlarining adreslari kodining hamma razryadlarini parallel uzatish uchun simlar va ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi;
    • ko’rsatmalarning kodli shinasi (KKSH), u mashinaning hamma bloklariga ko’rsatmalarni (boshqaruvchi signallarni, impulslarni) uzatish uchun simlar va ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi;
    • ta’minot (tok) shinasi, u energo ta’minot tizimiga SHKning bloklarini ulash uchun simlar va ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi.
    Mikroprotsessorlar haqida gapirar ekanmiz asosiy muhim tushinchalarga to’xtalib utishimiz lozim bo’ladi. Mirkoprotsessorga nisbatan amal bajaruvchi har qanday tashqi qurilma periferiya deb atash mumkin.
    Registr- qurilmalarning o’ziga xos tengliklar birlashmasini anglatadi, ularning vazifasi ma’lumotlarni saqlash hamda ma’lumotlarga tezkor murojat qilish imkoniyatini beradi. Ushbu qurilmalar integral sxemada triggerlarda foydalaniladi. Trigger o’z navbatida tranzistor o’tkazgichlarda amalga oshiriladi (ya’ni elektron kalitlar). N trigger registrda N bit ma’lumotni tushinish mumkin.
    Port –shunday sxemaki odatda o’ziga bir qancha registrlarni qamrab oluvchi hamda ulanish imkoniyatini beruvchi vositadir, masalan pereferiya qurilmasi mirkoprotsessorni tashqi shinasiga ulanishida ko’rishimiz mumkin. Amalda xar mikrsxema har xil maqsadlar uchun ishlatiladi.

    Download 156,28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




    Download 156,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KOMPYUTERNI ICHKI VA TASHQI QURILMALARI

    Download 156,28 Kb.