|
Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanish muammolari
|
bet | 2/5 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #118549 |
Bog'liq KIBERXAVFSIZLIK 2 MIBACKDOORS (ORQA ESHIK) - Backdoor (tuynuk) bu oddiy xavfsizlik tekshiruvidan o‘ta oladigan har qanday mexanizmdir.
- Dasturchilar ba’zida orqa eshikni (tuynuk) qonuniy asoslarga ko‘ra hosil qilishadi.
- Mantiqiy bombalar kabi orqa eshik (tuynuk) dasturlari ham dastur kodida yoki avtonom dasturlarda bo‘lishi mumkin. Orqa eshik (tuynuk) namunasi quyidagi kodda ko‘rsatilgan bo‘lib, u tizimga kirishda autentifikatsiya jarayonini aylanib o‘tadi:
KOMPYUTER VIRUSI TURLARI - RESURSLARDAN FOYDALANISH USULIGA KO’RA
- ZARARLANGAN OBYEKTLAR TURIGA KO’RA
- FAOLLASHISH PRINSIPIGA KO’RA
- DASTUR KODINI TASHKIL QILISH YONDASHUVIGA KO’RA
- VIRUS-CHERVLARNING TASNIFIGA KO’RA
TURLARGA BO’LINADI RESURSLARDAN FOYDALANISH USULIGA KO’RA - Virus-parazitlar (yoki shunчaki virus) va virus-чervlar (yoki shunчaki чervlar) ga ajratish mumkin.
- Resurslardan foydalanib ko‘payishning birinchisi bu – boshqa dasturga mansub bo‘lishdir.
- Ikkinchisi odatda faqat hisoblash tizimi resursidan (tezkor va doimiy xotira, dasturiy bo‘lmagan fayllar) foydalanib, tarmoq orqali o‘z nusxalarini tarqatadi, axborot eltuvchilari, xotira buferi va begona arxivlar yordamida barchaga taqsimlanadi. Chervlar avtonom bo‘lib, ular boshqa dasturlarga biriktirilmaydi.
ZARARLANGAN OBYEKTLAR TURIGA KO’RA - Ushbu tasnifga ko‘ra viruslarni dasturiy, yuklanuvchi, makroviruslar va ko‘p platformali viruslarga ajratish mumkin.
- Dasturiy viruslar boshqa dasturlarning fayllarini zararlaydi. Masalan, Win9X.CIH virusi Windows 95/98/ME OT dasturlari uchun parazit hisoblanadi.
- Yuklanuvchi viruslar yuklangan qattiq diskdagi, disketa yoki fleshka sektorlarida joylashgan kichik programmalarni zararlaydi yoki uni almashtiradi. Bunga misol sifatida BIOS sathida ishlovchi Michelangelo virusini keltirish mumkin.
- Makroviruslar uchun sharoit yaratuvchi vosita sifatida ma’lum dasturlash tilida yozilgan va turli ofis ilovalari – MS Word hujjati, MS Excel elektron jadvali, Corel Draw tasviri, fayllarida joylashgan “makroslar” yoki “skriptlar” xizmat qiladi. Bunga misol qilib, MS Word hujjatlarini zararlovchi Concept virusi, Excel jadvallarini zararlovchi Laroux viruslarini keltirish mumkin.
|
| |