• 1. Kanadacha «Qor rejimi» klavishi
  • 2. Eng qisqa probel tugmasi yaponcha klaviaturalarda bo‘ladi.
  • 3. Probel tugmasini bir vaqtning o‘zida 600 000 kishi bosadi.
  • Har kuni bir necha marotaba klaviaturadan foydalanamiz, ammo klaviaturalar qanday ishlashi yoki ularning ko‘rinishi haqida ko‘p ham o‘ylab o‘tirmaymiz




    Download 427.42 Kb.
    bet3/6
    Sana01.06.2023
    Hajmi427.42 Kb.
    #68617
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Kompyuterdan oson foydalanish uchun eng muhim tezkor tugmalar kombinatsiyalari bilan tanishamiz
    12-modul. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi . Duradgorlikning xalq, Elektron tijorat, Fazik 2021 maqola, TAT ochiq dars, 103, 3-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, bildirish, Maqsadli ko`rsatkich, Boltayev Ruslan, Raxmatova Xumora 4z guruh mustaqil, 1 biologiya, avtoreferat, 2-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, Статья Сувонова О О, Academic-Data-353211105300
    Har kuni bir necha marotaba klaviaturadan foydalanamiz, ammo klaviaturalar qanday ishlashi yoki ularning ko‘rinishi haqida ko‘p ham o‘ylab o‘tirmaymiz.
    Inglizzabon so‘zlovchilarning QWERTY klaviaturasi an’anaviy va hech qanday g‘alati xususiyatlarga ega bo‘lmagan klaviatura bo‘lishi mumkin, ammo ba’zi davlatlarda foydalaniladigan klaviaturalar biz har kuni ko‘radigan klaviaturadan umuman boshqacha. Keling, quyida matn terish vazifasini bajaruvchi ushbu qurilmalar haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishamiz.
    1. Kanadacha «Qor rejimi» klavishi
    Kanadaning fransuzzabon hududlari, xususan, Kvebek provinsiyasida fransuzcha-kanadacha klaviaturadan foydalaniladi. Bu klaviaturada Ctrl tugmasi o‘rnida «Qor rejimi» klavishi bor va bu klavish Ctrl tugmasi qanday vazifani bajarsa, xuddi o‘sha vazifani ado etadi. Ko‘pchilik Kanadani qish fasli, sovuq havo va qor bilan bog‘laydi, balkim shunga qor parchasi tasviri kanadacha klaviaturaga ham ko‘chirilgandir. «Qor rejimi» klavishi birinchi marta ACNOR tomonidan o‘ylab topilgan va keyinchalik boshqa kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, jumladan, Apple tomonidan ham fransuzcha-kanadacha klaviaturalarda qo‘llanilgan.
    2. Eng qisqa probel tugmasi yaponcha klaviaturalarda bo‘ladi.
    Har qanday klaviaturadagi eng uzuuuuuuuuun klavish probel tugmasi hisoblanadi. Ammo Yer yuzidagi eng qisqa probel klavishini yaponcha klaviaturalarda uchratish mumkin. Nega? Chunki yapon tilida matn terayotganda lotin harflari va yaponcha belgilarni aralashtirib yozish kerak bo‘ladi. Shu sababdan, bir yozuvdan boshqasiga o‘tish uchun alohida klavish qo‘shilgan. Natijada, probelning hajmini qisqartirishga to‘g‘ri kelgan. Yaponcha klaviaturalar ko‘rinishi bunaqa bo‘ladi:
    3. Probel tugmasini bir vaqtning o‘zida 600 000 kishi bosadi.
    Probel haqida gap ketganda, yana bir ma’lumot. Bu tugma nafaqat eng uzun, balki eng ko‘p bosiladigan klavish hamdir. Bo‘shjoytashlanmayyozilganmatnnio‘qishqiyinbo‘ladi, to‘g‘rimi? :) YouTube'dagi ma’lumotga ko‘ra, matn terayotganda bosilgan klavishlar umumiy sonining 18% i probel ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu hali hammasi emas. Soniyaning har 1/10 ulushida butun Yer yuzi bo‘ylab probel tugmasi 600 000 marta bosiladi. Har safar joy tashlash uchun probelni bossangiz, yana qancha odam bu tugmani siz bilan teng bosishini bir tasvvur qilib ko‘ring...

    Download 427.42 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 427.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Har kuni bir necha marotaba klaviaturadan foydalanamiz, ammo klaviaturalar qanday ishlashi yoki ularning ko‘rinishi haqida ko‘p ham o‘ylab o‘tirmaymiz

    Download 427.42 Kb.