Programmada kommunikatsion kanal nomerini tanlash (1 yoki 2), hamda
ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish tezligi terminal rejimida keltirilgan.
Programma menyusi quyidagi bandlardan iborat:
· programma bilan faylni yuklash
;
· PMK programmasini bajarish ;
· OZU ni o’qish va PMK dagi registrlar ;
· PZU yoki OZU ni o’quvchi PMK buyruqlari... ;
· PZU yoki OZU ni yuklash buyruqlari...;
· Progrmmani PMK ga qayta yuklash ;
· Buyruqlarni berilgan diapazonda dizassemblerlash ;
· faylda programma matnini saqlash ;
· Simvolli belgilvrni o’chirish/yoqish ;
· Aloqa parametrlari ...;
· Terminal rejimi ;
· Sistema haqida qisqacha ma’lumot ;
· Chiqish ;
Menyu bandlarining vazifalari:
Kompter disklarida ikkilik faylni (BIN.) programmasi bilan tanlash,
to’g’irlagichga yuklash, maket buyrug’i xotirasi va ekranning dizassemblerlash
ko’rsatmalari qismida yuklangan kodni dizassemblerlash.
Boshqaruvni ekrandagi foydalanuvchi PMK programmasidan maket
buyruqlari xotirasiga o’tkazish.
Ichki OZU maketida jamlanganlarni va PMK dagi maxsus registrlarni
hisoblash.
Ichki OZU da to’g’irlagichdan jamlanganlarni va maxsus registrlarni PMK ga
yuklash.
To’g’irlagichdan jamlangan PMK buyruqlarini hisoblash (diapazon so’raladi).
To’g’irlagichning xotirasidagi programma kodini PMK buyruqlari xotirasiga
yuklash.
To’g’irlagichdan jamlangan PMK buyruqlarini PMK ga yuklash (diapazon
so’raladi).
To’g’irlagichning buyruqlar xotirasidagi programma kodini adreslarning
so’ralgan diapazonida dizassemblerlash. Foydalanuvchi tanlovi bilan mavjud
ko’rsatmalar beriladi yoki ular almashtiriladi.
So’ralayotgan foydalanuvchi programmasining dizassemblerlangan fragmenti
SIEMENS SAB80S535 protsessori registrining mnemonik belgilari bilan va
simvolli belgilar bilan faylga saqlanadi. (Agar simvolli belgilarni tasvirlash rejimi
qo
’shilgan bo’lsa).
Dizassemblerlangan kodlarni tasvirlash rejimi ekranga o’tadi: belgilangan
simvolli belgilar bilan yoki faqat o’tish adreslari bilan.
PMK ga ulangan kompyuterning navbatdagi portninomeri o’zgarishi va
chastota bo’lgichning o’zgarishi vositasida port orqali uzatish tezligi.
Programmani terminal rejimida o’giirish. Bu rejimda foydalanuvchi
ma’lumotlarni PMK ga navbatdagi portdan qabul qilishi va uzatishi mumkin.
Sistema haqida qisqacha ma’lumot beruvchi qism (bo’sh OP ning hajmi,
mavjud diskd
agi joy, aloqa parametrlari, yuklangan fayl haqida ma’lumot).
Programmadan chiqish.
Boshqaruv parametrlarini tanlash.
Elektrodvigatel rotorining aylanish chastotasi aniq parametrlari hisoblanadi.
Aylanishlar sonini o’rnatuvchi qayd qiluvchi asbob vazifasini optopara bajarishi
mumkin. Ammo bu holda qayd qiluvchi asbobga kelayotgan past chastotali
impul’sdan chastota o’zgarishining uncha kata bo’lmagan stabillashuvi sodir
bo’ladi, bu nagruzkaning o’zgarish tezligiga va o’lchashning uzoqligiga bog’liq.
Stabil xolatni uzaytirish uchun maksimal miqdordagi uzishlardan iborat disk
qo’llaniladi. Bu holda dvigatel valining bir oborotiga datchikning katta miqdordagi
impul’slari mos keladi. Bunday holda o’zgarish chastotasini aniq o’lchash uchun
ko’p vaqt kerak bo’ladi.