Nazorat savollari
1. Siemens SAB80C535 oilasiga mansub mikrokontrollerlarga xarakteristika
bering.
2. SAB80S1, SAB80S1 MK arxitekturasini keltiring, bloklarini vazifasini
tushuntiring.
3. SAB80S1, SAB80S1 MK mikrokontrollerini keltiring.
4. SAB80S1, SAB80S1 MK ni programma menyusiga kiruvchi bandlarni keltiring.
Tajriba ishi №1
MP larni buyruqlar sistemalarini, adreslash usullarini, buyruqlarni baytligi va
ularni q
o‘llash o‘rinlarini o‘rganish. (1 soat)
Mikroprotsessor va mikroEHM bazali buyruqlar tizimi. MPning asosiy
buyruqlari. Bazali buyruqlar tizimi.
Tajriba ishining maqsadi: K580IK80A mikroprotsessorining buyruqlar
tizimi bilan tanishib dastur tuzishni o’rganish.
Hozirgi MP lar 20 ta dan 170 tagacha buyruqlarni o’z ichiga oladi. Har bir MP
o’zining shaxsiy buyruqlar tizimiga ega. Bu buyruqlar 1 tadan to 8 ta baytgacha
bo’lgan formatga ega bo’lishi mumkin [2,3].
Bajaradigan vazifasi bo’yicha har qanday MP dagi buyruqlar to’plamini
quyidagi buyruqlar guruhiga bo’lish mumkin:
1.
O’tkazish buyruqlar gurihi.
2. Arifmetik amallarning buyruqlar gurihi.
3. Logik amallarning buyruqlar gurihi.
4. Uzatish boshqarish buyruqlar gurihi.
5. Maxsus buyruqlar gurihi.
8-razyadli bitta kristalli K580 VM80A mikroprotsessorning buyruqlar tizimi
9-
jadvalda ko’rsatilgan. MP buyrug’i bu shunday ikkilik so’ziki, so’z (buyruq) MP
tomonidan o’qilgandan keyin MP ni ma’lum harakatini bajarishiga majburlaydi.
Ko’pchilik buyruqlar MP ni xotirasidagi yoki biron bir registrdagi qiymatlarni
bir tomondan ikk
inchi tomonga o’tkazish uchun ishlatiladi.
Buyruqlarning uzunligi berilgan ikkilik qiymatlar so’zining uzunligi bilan mos
tushadi. 8-
razryadli MP buyruq so’zining uzunligi 8 bitga, 16-raryadli MP niki esv
16 bitga teng. Buyruqlar ikki yoki uch so’zga teng uzunlikga bo’lish mumkin.
Buyruq bajarilishi uchun u buyruqlar registrga /BRg/, deshifratorga va boshqa
boshqarish sistemasiga yuboriladi. U yerda buyruq identifikasiyalanadi (qanday
buyruq ekanligi aniqlanadi). Buning natijasida MP ning boshqa qismlarga
y
uboriladigan xabarlar /impul’slar/ tashkil etadi. Bu xabarlar yordamida
buyruqlarda ko’rsatilgan amallar bajariladi.
MP buyruqni BRg ga tanlash davri davomida yuklaydi. Bundan keyingi
bajarish davrida MP buyruqni dekodlaydi va bu buyruqni bajarish jarayoni uchun
boshqarish xabarini yaratadi. MP buyrug’ini sinchiklab qaraganda, buyruq ikki xil
ma’lumotni o’z ichiga olishi kerak:
Birinchidan, buyruq MP ga nima qilish kerakligini aniqlaydi (qo’shish, ayrish,
tozalash, surish, yuborish va sh.o’xsh. bajarish);
I
kkinchidan, qayta ishlanadigan qiymatni (operandni) o’rnini ya’ni adresini
ko’rsatishi kerak. Buyruq ikki qismdan tashkil topgan: a) amallar kodi (AMK) – MP
ga nima qilish kerakligini xabar qiladi; b) adres esa amalda qatnashadigan
qiymatlarni o’rnini ko’rsatadi. Ayrimida buyruqning ikkinchi va uchunchi baytlarda
ishlaydigan qiymatlar ham bo’lishi mumkin.
|