Matritsalarni almashtirish amallari



bet63/141
Sana15.01.2024
Hajmi
#138013
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   141
Bog'liq
KM majmua (1)

Matritsalarni almashtirish amallari
Matlabda matritsalar ustida oddiy arifmetik amallardan tashqari maxsus amallar
va almashtirishlar mavjud. Ulardan biri matritsalarni transponirlashdir. Biror A
matritsani transponirlash deganda uni mos qatorlarini ustunlar bilan almashtirish
tushuniladi va u A' kabi belgilanadi. Masalan, A= [ 1 2 3; 4 5 6 ] bo‘lsa, A'=[3 6;
2 5; 1 4] ,bo‘lgan (3*2) o‘lchovli matritsaga teng bo‘ladi. Bir nechta matritsalarni
birlashtirish uchun V= cat ( A1, A2, ... ) komanda ishlatiladi. Bu holda A1,
A2, ..., matritsalar ko‘rsatilgan o‘lchov bo‘yicha birlashtiriladi: cat (2, A, V) = [A, V]
cat (1, A, V) = [A; V] Matlabda matritsalarni burish uchun fliplr (A), flipud (A)
komandalaridan foydalaniladi. fliplr (A) komandasi A matritsani chapdan o‘ngga 180
gradusga ustunlarini almashtirish yo‘nalishida buradi. flipud (A) esa A matritsani
pastdan yuqoriga 180 gradusga qatorlarini almashtirish yo‘nalishida buradi. Masalan,
A quyidagicha bo‘lsin: A= [ 2 3 7 1 9 0] U xolda fliplr (A) = [9 0; 7 1; 2 3] ,
flipud (A) = [3 2 ; 1 7; 0 9] kabi bo‘ladi. Berilgan matritsani soat strelkasiga qarshi
900 ga buruvchi rot 90 (A) komandasidir.
Misol: B=[1 3 5 7 9 11 2 3 4];
rot 90(B)=[5 1 4 ; 3 9 3 ; 1 7 2];


160
Undan tashqari matlabda maxsus ko‘rinishdagi matritsalarni xosil qilish imkoniyati
bor. Ana shunday matritsalarni xosil qiluvchi komandalarni keltirib o‘tamiz:
·
eye (m,n) – asosiy diagonalda 1, qolgan elementlari 0 bo‘lgan (m*n) matritsa
xosil qiladi;
·
lincpase (a, b, [n]) – [a, b] – oraliqda tekis taqsimlangan n ta elementli matritsa,
n ko‘rsatilmasa avtomatik tarzda 100 deb olinadi;
·
ones (m, n) elementlari faqat 1 dan iborat bo‘lgan (m*n) matritsa;
·
rand (m, n) – elementlari (0, 1) oraliqda tekis taqsimlangan tasodifiy miqdorlar
bo‘lgan (m*n) matritsa;
·
zeros (m, n) - (m*n) o‘lchovli faqat nollardan tuzilgan matritsa;
·
hilb (n) – n tartibli Gilьbert matritsasi (Uning elementlari h (i,j)=1/(i+j-1));
·
invhilb (n) – Gilьbertning teskari matritsasi;
·
magic (n) – qator bo‘yicha elementlar yig‘indisi ustunlar bo‘yicha elementlar
yig‘indisiga teng bo‘lgan “sehrli” matritsa;
·
size (A) – A matritsaning o‘lchovi;
·
length (A) – A vektor uzunligi (elementlar soni);
·
ndims (A) – A matritsa o‘lchovlari soni;
·
isempty (A) – A matritsa bo‘sh bo‘lsa 1, aks xolda 0 qiymatni beradi;
·
isegual (A, V) – A=V bo‘lsa 1 ni beradi, aks xolda “0” ni beradi;
·
inumeric (A) – A matritsa sonli tipda bo‘lsa 1 ni beradi, aks xolda “0” ni beradi;

Download
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   141