• 4-amaliy mashg`ulot Mavzu: Matlab tizimida elementar matematik funksiyalar qiymatlarini hisoblash. MATLABdagi oddiy hisoblashlar
  • Kerakli jihozlar.
  • Tekshirish uchun savollar



    bet62/141
    Sana15.01.2024
    Hajmi
    #138013
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   141
    Bog'liq
    KM majmua (1)

    Tekshirish uchun savollar:
    1) Matematik modellashtirish;
    2) Matrisa va vektorlar;
    3) Chiziqli algebra masalalari
    4) Matrisa operasiyalari va standart matrisalar;
    5) Ikki va uch o’lchamli grafiklarni hosil qilish;
    6) Dasturlash, m-fayllar va funksiyalar;
    7) Shart operatorlari: if, else, elseif, switch, case.
    8) Sikl operatorlari: for, while, continue, break;
    9) Oddiy differensial tenglamalar;
    10)
    Birinchi tartibli ODT, Eyler metodi;
    11)
    Runge-Kutta metodi;
    12)
    ODT yechilmalari: ode23, ode45, ode113;
    13)
    Ikkinchi tartibli ODTlar va Yuqori tartibli ODTlar;
    14)
    Prujina-massa-so’ndirgich tizimi;
    15)
    Tabiiy tebranishlar va modal taxlillar;
    16)
    Uzatish funksiyalari (Transfer Functions);
    17)
    Vaqt domeni (Time Domain) va Chastota domeni (frequency Domain).


    156
    4-amaliy mashg`ulot
    Mavzu: Matlab tizimida elementar matematik funksiyalar qiymatlarini
    hisoblash. MATLABdagi oddiy hisoblashlar
    Reja
    1. Amaliy mashg`ulot uchun kerakli jihozlar
    2. Nazariy ma`lumotlar
    3. Matlab tizimida elementar matematik funksiyalar qiymatlarini hisoblash
    4. Matritsalarni almashtirish amallari
    5. Amaliy qism
    6. Amaliy topshiriqlar
    Kerakli jihozlar.
    Matlab®/Simulink®dasturiy ta’minoti bilan ta’minlangan
    kompyuterlar va printerlar.
    Matlab tizimida elementar matematik funksiyalar qiymatlarini hisoblash
    MATLAB tizimi shunday ishlab chiqilganki, hisoblashlarni, foydalanuvchi dasturini
    tayyorlamasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajarish mumkin. Bunda Matlab superkalkulьyator
    vazifasini bajarib, qatorli komanda rejimida ishlaydi. Masalan, >>2+3, ans=5; >>2*3,
    ans=6 va xokazo. Tizimda ishlash muloqotli (dialogli) tavsifga ega bo‘lib, “savol
    berildi – javob olindi” qoidasi bo‘yicha ishlanadi. Ya’ni foydalanuvchi klaviatura
    yordamida hisoblanishi lozim bo‘lgan ifodani kiritadi, tahrir qiladi (agar lozim bo‘lsa)
    va kiritishni ENTER klaviaturasini bosish bilan yakunlaydi. Umuman olganda,
    ma’lumotlarni kiritish va hisoblashlarni amalga oshirish quyidagicha amalga
    oshiriladi:
    ·
    Boshlang‘ich ma’lumotlarni kiritishni ko‘rsatish uchun >> belgidan
    foydalaniladi;
    ·
    Ma’lumotlar oddiy yozuvli tahrir yordamida kiritiladi;
    ·
    Biror bir ifoda hisoblash natijasini blokirovka qilishuchun mazkur ifodadan
    keyin - ; (nuqta vergul) qo‘yiladi;
    ·
    Hisoblashlar natijasini ko‘rsatuvchi o‘zgaruvchi aniqlanmagan bo‘lsa, u holda
    Matlab tizimi bunday o‘zgaruvchi deb ansoladi;
    ·
    O‘zlashtirish amali sifatida juda ko‘plab dasturlash tillari kabi : = belgi emas,
    balki matematikadagi oddiy = ni o‘zi olinadi;
    ·
    Sozlangan funksiyalar (masalan, sin) yozma harflar bilan yoziladi hamda
    ularning argumentlari oddiy qavslar ichida yoziladi;
    ·
    Hisoblashlar natijasi yangi qatorda >> belgisiz chiqadi;


    157
    ·
    Muloqot “Savol berildi – javob olindi” ko‘rinishida amalga oshadi.
    Ma’lumki, juda ko‘plab matematik tizimlarda, agar u son bo‘lmasa, u holda sin(v)
    va exr(v) ifodalarni hisoblab bo‘lmaydi, ya’ni tizim bunday ifodalarni xato deb beradi.
    Matlabda esa agar berilgan o‘zgaruvchi vektor bo‘lsa, natija ham mazkur o‘lchamdagi
    vektor bo‘ladi, agar matritsa bo‘lsa, natija ham matritsa bo‘ladi. Komandali rejimda bir
    qatordagi belgilarning maksimal soni – 4096, m – fayllarda esa chegaralanmagan.
    Barcha matematik tizimlarning markaziy tushunchasi bu matematik ifodalardir.
    Ma’lumki, ular ustida amallar bajarilayotganda, asosan ularning sonli qiymatlaridan
    foydalaniladi (kam holatlarda belgi ko‘rinishlaridan ham foydalaniladi). Matlab ham
    matematik tizim bo‘lgani uchun bu erda ham asosiy tushuncha matematik ifodalardir.
    Matlabda matematik ifodalarni ifodalashni qarab chiqaylik. Matlabda ifodalar bir qator
    ko‘rinishida ifodalanib, sonlarni butun qismlarini ajratish uchun verguldan emas balki
    nuqtalardan foydalaniladi. Quyida ba’zi bir ifodalarni Matlab va oddiy matematikadagi
    ifodalanishini 
    ko‘rib 
    chiqamiz:
    Matlabda
    Matematikada
    2+3
    2+3
    2^3*sqrt(y)/2;
    23√y/2
    2.301*sin(x);
    2,301sin(x)
    4+exp(3)/5;
    4+e3/5
    Matematik ifodalar sonlar, konstantalar, o‘zgaruvchilar, operatorlar, funksiyalar va
    turli xil maxsus belgilar ustiga quriladi. Ilgari aytib o‘tganimizdek, nuqta vergul, ya’ni
    ; belgi natijani chiqishini blokirovka qiladi, ammo ans maxsus o‘zgaruvchi yordamida
    natijani olishimiz mumkin. Son – Matlab tilining eng oddiy ob’ektlaridan biri bo‘lib, u
    miqdoriy ma’lumotlarni ifodalab beradi. Sonlarni konstanta deb hisoblash mumkin.
    Sonlar butun, kasr, fiksirlangan va suzuvchi nuqtali bo‘lishi mumkin. Ularni yaxshi
    ma’lum bo‘lgan ilmiy shaklda, ya’ni mantissa va son tartibini ko‘rsatgan holda
    ifodalash mumkin.
    0
    -3
    2.301
    123.456e-24
    -234.456e10
    YUqoridan ko‘rinib turibdiki, mantissadan sonning butun qismi kasr qismidan,
    juda ko‘plab dasturlash tillarida qabul qilinganidek, vergul orqali emas, balki nuqta
    orqali ajratiladi. Son tartibini mantissadan ajratish uchun ular orasiga e belgisi
    qo‘yiladi. “+” ishora sonlar oldiga qo‘yilmaydi, “-” ishora esa qo‘yiladi va uni unar


    158
    minus deb nomlanadi. Sonlarda belgilar orasiga probel (bo‘sh joy) qo‘yish ruxsat
    etilmaydi. Bundan tashqari sonlar kompleks bo‘lishi mumkin: z=Re(z) + Im(z)*i.
    Bunday sonlar Re(z) haqiqiy va Im(z) mavhum qismga ega bo‘linadilar. mavhum qism
    kvadrat darajasi -1 ga teng bo‘lgan, va ko‘paytuvchilarga ega bo‘ladi:
    3i
    2j
    2+3i
    -3.141i
    -123.456+2.7e-3i
    real (z) funksiya kompleks sonning butun qismini, image(z) – esa mavxum qismini
    ajratib beradi. Kompleks sonning modulini (kattaligini) abs(z) funksiya, fazasini
    angle(z) funksiya hisoblab beradi. Masalan:
    >> i
    Ans=0+1.000i
    >>z=2+3i
    Z=2.000+3.000i
    >>abs(z)
    Ans=3.6056
    >>real(z)
    Ans=2
    >>Imag(z)
    Ans=3
    >>angle(z)
    Ans=0.9828
    Matlab dasturlash tilida o‘zgaruvchiga qiymat berish:  = < ifoda
    qiymati > komandasi yordamida amalga oshiriladi. Bu erda (=) tayinlash (qiymat
    berish) operatori vazifasini bajaradi. Masalan,
    >> x= 5+exp (3) ;
    Matlabning yaxshi xususiyatlaridan biri shuki, unda avvaldan o‘zgaruvchini turi
    e’lon qilinmaydi, balki uni qiymatlariga qarab aniqlanaveradi. Demak ifoda qiymati
    vektor yoki matritsa bo‘lsa, u xolda o‘zgaruvchi shunga mos bo‘ladi. O‘zgaruvchi
    nomi (identifikator) – boshlanishi xarfdan iborat ixtiyoriy sondagi belgilardan tashkil
    topgan bo‘lishi mumkin, ammo faqat boshidagi 31tasi orqali identifikatsiya qilinadi.
    O‘zgaruvchi nomi boshqa o‘zgaruvchilar bilan ustma-ust tushmasligi kerak, ya’ni nom
    noyob bo‘lishi lozim. O‘zgaruvchi nomi xarfdan boshlangan bo‘lsada, orasida


    159
    raqamlar va belgidan (podchyorkivanie) iborat bo‘lishi mumkin. Lekin ularning
    orasiga maxsus belgilar, masalan +, -, *, / va boshqalarni qo‘yish mumkin emas.
    Matlabda ma’lumotlar ustida bajariladigan ma’lum bir amalni bajarish uchun
    ishlatiladigan belgi operator deyiladi. Masalan, oddiy arifmetik amallar +, -, *, / -
    operatorlarga misol bo‘ladi. Bu amallar (1*1) o‘lchovlidan yuqori bo‘lgan matritsalar
    ustida bajarilsa va natija ham matritsa bo‘lsa, u holda amallar elementlararo bajariladi
    va * amali. *, / esa./, /. kabi belgilab amalga oshiriladi. Masalan:
    >> x= [2 4 6 8]
    x= 2 4 6 8
    >> u= [1 2 3 4]
    u= 1 2 3 4
    >> x/u
    ans= 2
    >> x.*u
    ans= 2 8 18 32
    >> x./u
    ans= 2 2 2 2.
    Matlabdagi barcha operatorlar ro‘yxatini ko‘rish uchun help ops komandasidan
    foydalaniladi.

    Download
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   141