— grafik muharrirlar;
— hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar;
— taqdimot qilish vositalari, ya’ni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda
namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus
dasturlar.
Ofis ADТ
idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o’z
ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
— rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi,
uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini
olib boruvchi dasturlar;
— tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni ko’rsatilgan tilga
tarjima qilishga mo’ljallangan dasturlar;
— skaner yordamida o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga
binoan o’zgartiruvchi dasturiy vositalar;
— tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi
orasidagi o’zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.
Kichik nashriyot tizimlari
«kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot
texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichim solish va tahrirlash, avtomatik ravishda
betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo’yish va
hokazolarni bajaradi.
Multimedia dasturiy vositalari
dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi
hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o’zgarishi, lazerli
disklarning paydo bo’lishi, ma’lumotlarning tarmoqli texnologiyasining
rivojlanishi natijasida shakllandi.
Sun’iy intellekt tizimlari.
Bu sohadagi izlanishlarni to’rt yo’nalishga bo’lish
mumkin:
— Ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar.
Ushbu yo’nalish kompyuterda o’yinlarni (shaxmat, shashka va x.k.)
avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni
yaratish bilan shug’ullanadi.
— Bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar.
Ushbu yo’nalishdagi muhim natijalardan biri ekspert tizimlarning yaratilishi
hisoblanadi. Shu tufayli sun’iy intellekt tizimlarini ma’lum va kichik sohalarning
eksperti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin.
— EHMlarning yangi arxitekturasini yaratish.
Bu yo’nalish sun’iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EHMlari) ni
yaratish muammolarini o’rganadi.
— Intellektual robotlar.
Bu yo’nalish oldindan quyilgan manzil va maqsadga erisha oladigan
intellektual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug’ullanadi.