• Kompyuterning apparat qismiga profilaktik xizmat qanday amalga oshiriladi.
  • Kompyuterning apparat qismiga profilaktik xizmat qanday amalga oshiriladi




    Download 424,16 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana25.06.2024
    Hajmi424,16 Kb.
    #265548
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    amaliy 2



    Jizzax Davlat pedagogika 
    Universiteti 
    3 kurs sirtqi Matematika va 
    informatika yo’nalishi talabasi
    Egamberdiyev Hoshim
    ning 
    Kompyuterga texnik xizmat 
    ko'rsatish 
    fanidan 
    Kompyuterning apparat 
    qismiga profilaktik xizmat 
    qanday amalga oshiriladi
    mavzusidagi


    Kompyuterning apparat qismiga profilaktik xizmat qanday amalga 
    oshiriladi. 
     

    Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular: apparat 


    ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software) lardir. 
    Apparat ta’minoti — bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik 
    qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir. 
    Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u 
    ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish 
    uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday 
    kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi. 
    Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog’lanish qanday 
    amalga oshiriladi?
    Avvalo, ular orasidagi bog’lanish 
    interfeys
    deb atalishini bilib olishimiz 
    lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish - bu 
    apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa - 
    dasturiy interfeys,
    apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish - 
    apparat

    dasturiy 
    interfeys
    deyiladi. 
    Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda 
    uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim.
    Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda 
    bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti — 
    foydalanuvchi interfeysi
    deyiladi.
    Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha 
    dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin: 
    — tizimli dasturiy ta’minot;
    — amaliy dasturiy ta’minot;
    — dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
    Tizimli dasturiy ta’minot (System software) 
    — kompyuterning va kompyuter 
    tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
    Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) —
    bu aniq bir 
    predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo’ljallangan 
    dasturlar majmuasidir.
    Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari
    — yangi dasturlarni 
    ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat 
    vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, 
    ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), 
    saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.
    Tizimli dasturiy ta’minot. 
    Kompyuter dasturlar ta’minotining to’plami quyidagi guruhlarga ajraladi: 
    - tizimli dasturlar – xilma-xil qo’shimcha ishlarni bajarishga imkon beradi, 
    masalan, kompyuterning ishlash jarayoni davomida nosoz qurilmalarni diagnostika 
    va nazorat qilish vositalari, ma’lumotlarning nusxalarini olib qo’yish, kompyuter 


    haqida ma’lumotnomalar berish, kompyuterni boshlang’ich ishga tayyorlash va 
    hokazolar; 
    - amaliy dasturlar – foydalanuvchilarga zarur bo’lgan ishlarni bajarishga 
    imkon beruvchi dasturlar, matn tahrirchilari, jadval protsessorlari, rasmlar 
    chizishga imkon beruvchi dasturlar, informatsion massivlar va bilimlar bazalari 
    bilan ishlashga imkon yaratuvchi dasturlar va hokazolar. 
    - dasturlashtirish tizimlari yoki instrumental tizimlar – ular kompyuter uchun 
    yangi amaliy dasturlar yoki foydali ilovalar yozish uchun xizmat qiladilar. 
    Tizimli dasturlarga operatsion tizim, drayverlar, qobiq dasturlar va 
    operatsion qobiqlarni kiritish mumkin. Operatsion qobiqlar ishga tushiriladigan 
    dasturlar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratishi mumkin: 
    - grafik interfeys – ma’lumotlarni chiqarish va ular bilan samarador 
    ishlashga imkon beradigan vositalar to’plamini hosil qilish mumkin, ya’ni alohida 
    turdagi menyular, darchalar, oynalar, ma’lumotnomalar va hokazolar; 
    - multidasturlashtirish – bir vaqtning o’zida bir qancha dasturlarni ishlatish 
    imkoniyati; 
    - dasturlararo ma’lumot almashinishnig kengaytirilgan vositalarini ishlatish. 
    Dastur ta’minoti ilmiy-texnik, iqtisodiy-statistik va boshqa masalalarni 
    yechishda, shuningdek, boshqaruv ma’lumotlarini qayta ishlash uchun hisoblash 
    tizimlari qurishda EHM texnik vositalarining imkoniyatlarini ancha kengaytiradi. 
    EHM dastur ta’minotining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat: 
    - dasturlashni avtomatlashtirish vositalari yordamida masalani EHMda 
    yechishga tayyorlash; 
    - operator bilan EHMning eng qulay ko’rinishlardagi aloqasini tashkil qilish; 
    - EHMni nazorat qilish, unga diagnoz qo’yish va yuzaga kelgan 
    nuqsonlarning kengayishiga yo’l qo’ymaslik. 
    EHMning dastur ta’minoti strukturasida dasturlashning modulli printsipi 
    amalga oshiriladi, bu printsip, odatda funktsional bog’liq bo’lmagan dasturlar yoki 
    ularning qismlari standart modullar ko’rinishida shakllanadigan va sozlanadigan 
    bo’lishini talab qiladi. Bunday struktura yoki ularning o’rnini almashtirish, yoxud 
    qo’shimcha modullar kiritish yo’li bilan EHMning dastur ta’minotini nisbatan 
    oddiy kengaytirish va takomillashtirish imkonini beradi. 
    EHM dastur ta’minotining eng muhim tarkibiy qismi, operatsion tizim bo’lib, 
    u turli rejimlarda EHMning eng samarali ishlashini, shuningdek, masalani EHMda 
    yechishga tayyorlashdagi mehnat sarfining kamayishini ta’minlaydigan dasturli 
    vositalar majmuidan iborat. 
    EHM funktsional maqsadiga bog’liq holda kompleks monitor imkoniyatlari 
    foydalanuvchi tomonidan displey kiritiladigan katta sonli bo’lmagan oddiy 
    buyruqlarning bajarilishidan tortib, to aniq vaqt davomida har xil qurilmalar bilan 
    boshqarishgacha o’zgarib turadi. Monitorning odatdagi vazifasi xususiy EHM 
    bilan foydalanuvchi o’rtasida o’zaro aloqadorlikni tashkillashtirish, resurslar 
    taqsimlashni boshqarish va xususiy EHM faoliyatida talab etilgan rejimni 
    ta’minlash, tizimli va boshqa dasturlarni ishga tushirish va bajarilishini nazorat 
    ostiga olish, ma’lumotlar almashinish jarayonning bajarilishini boshqarishdir. 


    Tizimli dasturlar va ma’lumotlar guruhiga tashqi tashuvchilarga xizmat 
    qiluvchi dasturlar, servis dasturlar va dasturlar kutubxonasi kiradi. 
    Axborotlarning tashqi tashuvchilarga xizmat ko’rsatadigan dasturlar 
    tashuvchilardagi mavjud axborotlarni tenglashtirish va nazorat qilishga, 
    shuningdek, tashuvchilar va alohida fayllar bilan boshqa jarayonlarni bajarishga 
    tayyorlash, saqlashni tashkillashtirish va dasturlarni qo’llash ishlarini 
    yengillashtiradi. Ular o’zlarining funksional maqsadlari nuqtai-nazaridan turli-
    tumandir, lekin qoidaga ko’ra, ularning tarkibida matnni tahrirlash dasturlari va 
    kutubxonalar bo’ladi. Displeydan yoki boshqa bir qancha tashuvchilardan 
    kiritilayotgan matnlar tahrir dasturlari orqali xususiy EHMning operativ yoki 
    tashqi xotirasiga yoziladi, bunda ular maxsus tahrir buyruqlari yordamida 
    o’zgartirilishi mumkin. Ko’plab tahrir dasturlari mavjud, ular bir-biridan 
    bajaradigan imkoniyatlari bilan farqlanadi va matnlarda o’zgarishlar qilish uchun 
    ishlatiladi. 
    Tizimli dasturiy ta’minot (TDТ) quyidagilarni bajarishga qaratilgan: 
    — kompyuterning va kompyuterlar tarmog’ining ishonchli va samarali 
    ishlashini ta’minlash; 
    — kompyuter va kompyuterlar tarmog’i apparat qismining ishini tashkil 
    qilish va profilaktika ishlarini bajarish. 
    Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan — 

    Download 424,16 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 424,16 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuterning apparat qismiga profilaktik xizmat qanday amalga oshiriladi

    Download 424,16 Kb.
    Pdf ko'rish