Kompyuterning apparat qismiga profilaktik xizmat qanday amalga oshiriladi




Download 424,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana25.06.2024
Hajmi424,16 Kb.
#265548
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
amaliy 2

Kompyuterning dasturiy ta'minoti va axborot texnologiyalari. 
1. Dasturiy ta'minot vazifasi va turlari Kompyuter ikkita ajralmas qismdan 
tashkil topgan bo'ladi: apparat ta'minoti (hardaware) va dasturiy ta'minot 


(software). Ular o'zaro bog'langan holda yagona uyg'unlikda ishlaydi va muayyan 
vazifalarni bajaradi.
Kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiradigan va turli vazifalar bajarishini 
ta'minlaydigan vosita bu albatta dasturiy ta'minotdir. Dasturiy ta'minot odatda 
kompyuterning qattiq diskida saqlanadi va kompyuter yoqilishi bilan maxsus 
dastur - operasion tizim ishga tushadi.
Dasturiy ta'minot ikkita asosiy guruhga bo'linadi:
1. Tizimli dasturiy ta'minoti
2. Amaliy dasturiy ta'minot
Tizim dasturiy ta'minotga odatda operasion tizim va qobiqlar, qo'shimcha 
dasturiy ta'minotga ega yordamchi vazifalarni bajaradigan har xil dastur va 
dasturiy majmualar kiradi (masalan, matn muharriri, elektron jadval, grafik 
dasturlar va hokazo). Bundan tashqari, dasturiy ta'minot tarqatilishi va targ'ib 
qilinishi bo'yicha quyidagi 3 ta turga ajratiladi: 

Software - qiymati 100% to'langanidan keyin o'rnatilib, foydalaniladigan 
dasturiy ta'minot.

Shareware - aprobatsiya, ya'ni sinovdan o'tkazish muddatiga ega bo'lgan 
(odatda 7 kundan 40 kungacha, yoki bir necha bor kirib ishlashga) yoki 
imkoniyatlari cheklangan dasturiy ta'minot. Undan foydalanib, zarurligi 
aniqlanganidan keyin xarid qilish mumkin.

Freeware - mutlaqo bepul dasturiy ta'minot. Aksariyat hollarda, reklama 
sifatida yoki dasturchilarning ilk ishlanmalari tarqatiladi.
Kompyuterga dasturiy ta'minotni o'rnatish jarayoni installyatsiya deyiladi, uni 
o'chirish esa deinstallyatsiya deb ataladi. Biror bir dasturiy ta'minotni o'rnatishdan 
oldin tizim talablarini, ya'ni kompyuterga qo'yiladigan talablarni ko'rib chiqib, 
mosligini aniqlash lozim. Agarda kompyuterning konfigurasiyasi dasturning 
tizimga bo'lgan talablariga javob bermasa, u holda mazkur dastur ishlamaydi yoki 
noto'g’ri ishlaydi.
Dasturiy ta'minotni o'rnatishga mo'ljallangan nusxasi odatda zich holatdagi 
majmua shakliga ega bo'lib, distributiv deb nomlanadi. Distributiv aksariyat 
hollarda kompakt-diskda joylashgan bo'ladi, lekin zarurat tug'ilsa, uning nusxasini 
qattiq disk yoki boshqa ma'lumot saqlash vositasiga ko'chirish mumkin.
Har bitta distributiv litsenzion shartnoma (yoki kelishuv)ga ega bo'lib, 
o'rnatish uchun zarur bo'ladigan maxsus kalit yoki maxfiy parolga ega bo'ladi (cd-
key). Mazkur parol yoki kalit kiritilmaguncha dasturiy ta'minotni o'rnatib 
bo'lmaydi. 
IBM arxitekturasiga ega bo'lgan kompyuterlar uchun dasturiy ta'minotni 
butun dunyo bo'yicha ko'plab firma va kompaniyalar ishlab chiqaradi. Ularning 
ayrimlari yirik korporatsiya bo'lib, butun dunyoga mashhur bo'lsa, boshqalari biror 
bir mintaqada keng tarqalgan bo'lishi mumkin. Misol tariqasida, Microsoft, Adobe, 
Macromedia, Borland, Symantec, Corel kompaniyalarini keltirish mumkin. 
Dasturiy ta'minot odatda kompakt disklarda tarqatiladi va uni o'rnatish uchun 
kompyuterda kompakt disklarni o'qish qurilmasi (masalan: CD ROM, CD-Writer, 
DVD ROM, DVD-Writer) o'rnatilgan bo'lishi kerak.


Dasturiy ta'minot bajaradigan vazifasi bo'yicha bir nechta guruhga bo'linadi 
va har bitta guruhga kiruvchi dasturlar o'zaro turlarga bo'linadi.
Dasturiy ta'minotning asosiy guruhlari:
- Operasion tizimlar - kompyuter va foydalanuvchi o'rtasida muloqot 
o'rnatish, kompyuterni va dasturlarni ishini boshqarish uchun mo'ljallangan. 
Misollar: MS DOS, Windows XP, Vista, Linux, Unix, OSG’2, Mac X va 
boshqalar.
- Matn muharriri - matn kiritish, tahrirlash, saqlash va ochish, chop etish, 
matnni formatlash kabi vazifalarni bajaradigan dastur. Misollar: MS Word, 
Lexicon, Wordpad, Notepad va boshqalar.
- Elektron jadvallar - jadvalga matn, raqam va formula kabi ma'lumotlar 
kiritib, ular ustida hisob-kitoblar bajarish, diagrammalar yaratish imkonini 
beradigan dastur. Misollar: Lotus, MS Excel va boshqalar.
- Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi - ma'lumotlarni maxsus jadvallarga 
kiritib, tartibga solish, kerakli ma'lumotni izlash, ma'lumotlar omborini yaratish 
kabi vazifalarni bajaradigan dastur. Misollar: MS Access, Foxpro, Clipper, 
Paradox, Oracle va boshqalar.
- Taqdimot yaratish - har xil mavzuda namoyish va taqdimot yaratish, ularga 
jadval, rasm, audio, video va multimedia ma'lumotlarni tadbiq etish 
imkoniyatlariga ega bo'lgan dastur. Misollar: MS PowerPoint, Macromedia 
Director va hokazo. 
- Grafik muharrir - rastrli, vektorli va boshqa grafikani yaratish, tahrirlash, 
ishlov berish kabi vazifalarni bajaradigan dastur. Misollar: Adobe Photoshop, 
Corel Draw, Macromedia Flash, Macromedia FreeHand, Adobe Illustrator, 3D 
Studio Max, Maya va hokazo.
- Multimedia dasturlari - mazkur dasturlar toifasi har xil turdagi multimedia 
axborot fayllarini (audio, video va hokazo) ochish va ijro etish va ular ustida 
boshqa har xil amallarni bajarish imkoniyatini yaratuvchi dasturlar. Misollar: 
Sound Forge, Cakewalk, WinAmp, Windows Media Player, DivX Player va 
boshqalar.
- Antivirus - kompyuterni viruslardan saqlash va himoyalash, qattiq disk, 
media vositalarni virusga tekshirish va davolash vazifalarini bajaradigan dastur. 
Misollar: Norton Antivirus, NOD32, MacAfee Antivirus, Panda Antivirus, DrWeb, 
Antivirus Kasperskogo va boshqalar.
- Arxivator - kompyuterdagi ma'lumotlarni ixcham shaklga keltirish, ya'ni 
arxivga joylashtirish, chiqarish, yangilash kabi vazifalarni bajaradigan dastur. 
Misollar: ARJ, RAR, ZIP, WinZip, WinAce, WinRAR va hokazo.
- Fayl menejerlari - fayl va kataloglar (katalog, direktoriy) ustida bir qator 
amallarni bajarish imkonini beradi - yaratish, o'chirish, nusxa ko'chirish, nomini 
o'zgartirish, ko'chirish, tahrirlash, ochib ko'rish va hokazo. Misollar: Norton 
Commander, Dos Navigator, Far Manager, Volkov Commander, Total 
Commander va boshqalar.
Bundan tashqari o'yin, skanerdan ma'lumot kiritish, ma'lumotnoma va 
ensiklopediya, o'qitish, tarjimon va boshqa turdagi dasturlar toifalari ham mavjud. 


Kompyuterga o'rnatilgan har bir dastur operasion tizimda maxsus fayl - 
reyestrda ro'yxatdan o'tadi. Agarda biror dasturni o'chirish kerak bo'lsa u holda 
quyidagilardan birini bajarish kerak bo'ladi:
1. Пуск menyusidagi dasturlar guruhida o'chirilish kerak bo'lgan dastur 
katalogini topib, u yerda Удаление (o'chirish) bandini tanlash kerak. Natijada 
dasturni o'chirish ustasi ishga tushadi va ko'rsatmalar berilganidan keyin dasturni 
o'chiradi.
- Control panel (Boshqaruv paneli) da Uninstall a programm (Dasturlarni 
o'rnatish va o'chirish) bandini tanlash kerak. Natijada kompyuterga o'rnatilgan 
dasturlar ro'yxatini o'ziga olgan oyna hosil bo'ladi.
Mazkur oynada o'chirilishi kerak bo'lgan dasturni tanlab, o'ng tomondagi 
Удалить (o’chirish) tugmasini bosib, dastur to'laqonli o'chirilishini kutish kerak.
Dasturiy ta’minot
- bu axborot tizimining maqsad va vazifalarini amalga 
oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdek texnik vositalar kompleksining 
me’yorida ishlab turishi demakdir. 
Dasturiy ta’minot tarkibiga umumiy tizimli va maxsus dasturli mahsulotlar, 
shuningdek texnik hujjatlar, jumladan: operatsion tizimlar, dasturlash tizimi, 
dasturchining asbob-uskuna vositasi, test va tashxis dasturlari
telekommunikatsiyaning dasturiy vositasi, axborotni himoyalash, funksional 
dasturiy ta’minot (avtomatlashtirilgan ish joylari, ma’lumotlar bazalarini 
boshqarish tizimi va hokazo) kiradi. 

Download 424,16 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 424,16 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuterning apparat qismiga profilaktik xizmat qanday amalga oshiriladi

Download 424,16 Kb.
Pdf ko'rish