• Doimiy xotira
  • Kontrollerlar
  • Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari




    Download 0,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/8
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,83 Mb.
    #240781
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Kesh xotira
    – kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U 
    tezkor xotira va mikroprosessor orasiga joylashgan bo`lib, bajariladigan amallari 
    tezdir.
    Shuning uchun kompyuter xotirasining ko`proq ishlatiladigan qismi nusxasini 
    KESH xotirada saqlab turadi. Pentium 2, 3 kompyuterlarida KESH xotira 512 Kb 
    ni tashkil qiladi. 
    Doimiy xotira
    - BIOS – Basic Input Output System – kiritish-chiqarishning 
    asosiy sistemasi. Ulardagi ma’lumotlar mikrosxema tayyorlanayotganda kiritib 
    qo`yiladi. Bunday xotiradan faqat o`qish mumkin . Shuning uchun ham u ROM 
    (Read Only Memory - faqat o`qish uchun ) deb ataladi. Bu xotira kompyuter 
    jihozlarini ishlashini tekshirish, OS ni boshlang`ich yuklanishini ta’minlash, 
    qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun xizmat 
    qiladi. BIOS da, shuningdek kompyuter konfiguratsiyasini saqlovchi Setup 
    programmasi ham joylashgan bo`ladi. Bu programma masalan, videokontroller, 
    qattiq disk va disket diskovodi, undan tashqari parollar o`rnatish va boshqa 
    xizmatlar qiladi. DEL tugmasi orqali chaqiriladi. 
    CMOS (yarim doimiy xotira) - konfiguratsiya parametrlarini saqlovchi yarim 
    doimiy xotira. Maxsus akkumulyatorlar yordamida kichik quvvatda ishlaydi. 
    Shuning uchun undagi ma’lumot o`chib ketmaydi. SETUP programmasi har gal 
    kompyuter konfiguratsiyasini so`zlaganda, lozim bo`lsa, CMOS xarakteristika- 
    lariga o`zgartirish kiritadi.

    Videoxotira
    - u monitor ekraniga
    chiqariladigan tasvirni saqlashga xizmat 
    qiladi. Videokontroller tarkibiga kiradi. 
    Kompyuterdagi eng katta plata –
    sistema platasidir. Bu plata tekis plastinka 
    va unga joylashgan mikrosxemalar,
    kondensator, razyomlar va boshqalardan
    iborat, ular o’zaro o`tkazgichlar bilan
    bog`langan bo`ladi. Ona platada 
    mikroprosessor, xotiralar, shinalar,
    kontrollerlar mavjud bo`ladi. 
    Kontrollerlar
    - kompyuterning turli vositalari , qurilmalarini boshqaruvchi 
    elektron sxemalardir. Barcha kompyuterlarda klaviatura, monitor, qattiq va 
    egiluvchan disk qurilmalari va hokazo kontrollerlar mavjud. Hozirgi zamon
    kompyuterlarining barchasida kontrollerlar ona plataga joylashgan bo`ladi.
    Bularni integrallashgan kontrollerlar deb ataladi. 
    Amalda har bir kontroller o`zi uchun alohida yasalgan platada joylashadi. Bu 
    platalar sistemali plataning maxsus razyomlariga ulanadi. Natijada iste’molchi o`z 


    kompyuteriga qo`shimcha qurilmalar qo`yishi mumkin. (Masalan, faks-modem
    tovush kartasi yoki teleko`rsatuv ulash mumkin). 
    Shinalar
    – operativ xotira va kontroller orasida o`zaro ma’lumot uzatish 
    uchun xizmat qiladi. Shuning uchun kontroller platasi ona plata razyomiga 
    kiritilganda shinaga ulanadi. Zamonaviy kompyuterlarda 2 turdagi shinalar 
    mavjud. ISA va RCI 
    ISA – turdagi shinalar, tezligi sustroq bo`lgan kontrollerlar uchun 
    (klaviatura, sichqon, disket qurilmalari, modem tovush kartasi va boshqalar). 
    RCI - turdagi shina tezligi yuqori bo`lgan qurilmalar orqali ma’lumot 
    uzatishga xizmat qiladi (vinchestor, videokontroller va boshqalar). 
    Kiritish-chiqarish portlari kontrollerlari kompyuterning orqa panelidagi 
    razyomiga kabellar orqali ulanadi. Kiritish – chiqarish portlari quyidagi turlarga 
    bo`linadi: 
    -
    parallel ( ZE1 – ZE4), 25 uyali printer ulanadi; 
    -
    ketma-ket ( SOM1 – SOM3 belgili) 9 va 25 bigizli sichqon, modem va 
    boshqalar ulanadi; 
    o`yin porti , 1.5 uyali razyomiga djoystik ulanadi. 

    Download 0,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari

    Download 0,83 Mb.
    Pdf ko'rish