|
Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari Kompakt disklar
. 640 – Mbaytgacha ma’lumotlarni
saqlay oladi. Kompakt disklar asosan o`qish uchun ishlatiladi
va ularga ma’lumot tayyorlanayotgan pallada yoziladi. Bu
ma’lumotlar o`yinlar kompleksi, ensiklorediya va x.k. Ovoz
kartasi mavjud bo`lsa, qo`shiq, kino, videoklip eshitish
imkonini beradi. Lazer disklari CD ROM yoki DVD ROM
qurilmasiga qo`yiladi. Axborotlarni o`qish lazer nurlari orqali amalga oshiriladi.
Kompyuterning qo`shimcha qurilmalari va ularning ishlash prinsiplari.
Windows muxitida ishlaganimizda sichqoncha ko`rsatkichi doim bo`ladi.
Ayrim vaqtlarda ko`rsatkich o`z ko`rinishini o`zgartirishi mumkin.
Sichqoncha yordamida quyidagi asosiy xarakatni bajarish mumkin:
-
ko`rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko`chirish;
-
sichqoncha tugmasini bosib, darhol qo`yib yuborish;
-
sichqoncha tugmasini ikki marta tez bosish yordamida biror ob’ektni tanlash.
Sichqoncha va trekbol.
Sichqoncha vatrekbol kompyuterga
axborotni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi. Ular
klaviaturaning o`rnini to`laligicha almashtira olmaydi.
Bu qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmachasiga ega.
Trekbol – “ag`darilgan” sichqonchani eslatuvchi qurilmadir.
Trekbolda uning korpusi emas, balki sharcha harakatga keltiriladi.
Bu esa kursorni boshqarish aniqligini sezilarli ravishda oshirishga
imkon beradi.
Kolonka.
Kolonka kompyuterdan tovushli (ovozli) film, musiqa, o`yinlar
o`ynagan paytda o`yinning maxsus effektli tovushlarini eshitish, tovushli
programmalarni, maxsus tovushli o’rgatuvchi fayllarni bizga eshittirish uchun
yordam beradigan moslama.
Modem va faks modemlar.
Modem-telefon tarmog`i
orqali kompyuter bilan aloqa qilish va internet tarmog`iga
ulanish imkonini beruvchi qurilmadir.
Faks modem bu faksimil xabarlarni qabul qilish
va jo`natish imkonini beruvchi modemdir.
O`zining tashqi ko`rinishi va o`rnatilishi joyiga qarab modemlar ichki va
tashqi modemlarga bo`linadi.
|
| |