|
«Kompyuterning fizik asoslari» fanidan yakuniy nazorat Variant
|
bet | 2/33 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 449,33 Kb. | | #260458 |
Bog'liq «Kompyuterning fizik asoslari» fanidan yakuniy nazorat VariantMaydonli tranzistorlar
Ishlashi ikki xil zaryad tashuvchilardan foydalanishga asoslangan bipolyar tranzistorlar bilan bir qatorda unipolyar tranzistorlar ham ishlab chiqilib, keng qo’llanilmoqda. Bipolyar tranzistorlardan farqli unipolyar tranzistorlarda chiqish tokini hosil qilishda faqat bir turdagi zaryad tashuvchilar ishtirok etadi. Yo kovaklar yoki elektronlar. Bu tipdagi tranzistorlarda yarimo’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligiga elektr maydon ta’sir etish effektidan foydalanilgan. Shuning uchun bunday tranzistorlar maydonli tranzistorlar nomi bilan kiritiladi.
Maydonli tranzistorlarning ikki xil turi mavjud: 1) n-p o’tish orqali boshqariluvchi maydonli tranzistorlar; 2) zatvori izolyatsiyalangan maydonli tranzistorlar
Ularning asosiy avzallik tomoni - katta kirish qarshiligiga egaliklaridadir.
n-p o’tish orqali boshqariluvchi maydonli tranzistorlar
n-p o’tish orqali boshqariluvchi maydonli tranzistorlar qarama-qarshi o’tkazuvchanlik sohasiga ega bo’lgan n yoki p tipdagi yarimo’tkazgich plastinasidan iborat bo’ladi. Agar yarimo’tkazgichli plastinka p-tipidan iborat bo’lsa unda n-tipiga soha, n-tipidagi plastinada esa p-tipidagi soha hosil qilinadi. Yarimo’tkazgichli plastinaning ikki chekkasidan va qarama-qarshi o’tkazuvchanlikka ega sohadan chiquvchi 3 ta elektrodga ega bo’lib, asosiy zaryad tashuvchilar oqib kiradigan elektrod – istok, ikkinchi chekkasidagi elektrod – stok, qarama-qarshi o’tkazuvchanlik sohasiga ulangan elektrod – zatvor deb ataladi.
Yarimo’tkazgichli plastinkaning n-p o’tishdan bo’sh qismi tranzistorning aktiv qismi hisoblanib, kanal deb ataladi. Asosiy zaryad tashuvchilar kanal orqali oqib o’tib chiqish tokini hosil qiladi. Zatvorga qo’yilgan kuchlanish yordamida kanalning kengligi boshqariladi, ya’ni uning qarshiligini o’zgartiriladi. Zatvorga beriladigan kuchlanish istokka berilayotgan kuchlanishiga qarama-qarshi bo’ladi. Bu holda bu n-p o’tishni diod deb qaralsa, unga teskari kuchlanish qo’yilgan bo’ladi.
Zatvorga qo’yilgan kuchlanishorqali n-p o’tishning kengligini o’zgartirish mumkin. n-p o’tish kengligi qanchalik katta bo’lsa kanalning ko’ndalang kesimi shunchalik kichik bo’ladi. Bu holat o’z navbatida kanal qarshiligining ortishiga olib keladi. Demak zatvorga berilayotgan kuchlanishni o’zgartirish orqali kanal qarshiligini o’zgartirish mumkin ekan. Zatvorga berilayotgan kuchlanish ma’lum bir qiymatga teng bo’lganda kanal n-p sohasi bilan to’la qoplanib kanalning kengligi nolga teng bo’lib stokdagi tok minimal qiymati Ic=0 ga teng bo’lib qoladi.
|
| |