|
p-n o`tishning differensial qarshiligi va sig`imi uning muhim elektr parametrlari hisoblanadi.
Differensial qarshilik
|
bet | 5/33 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 449,33 Kb. | | #260458 |
Bog'liq «Kompyuterning fizik asoslari» fanidan yakuniy nazorat Variant1.p-n o`tishning differensial qarshiligi va sig`imi uning muhim elektr parametrlari hisoblanadi.
Differensial qarshilik. U p-n o`tishning kichik amplitudali o`zgaruvchan tokka ko`rsatgan aktiv qarshiligiga ekvivalent bo`lib, = d U / dI ifoda bilan aniqlanadi. Differensial qarshilik VAX ning belgilangan nuqtasidagi tiklikka teskari proporsional.
(Ideallashtirilgan p-n o`tish uchun (2.9) formuladan ning analitik ifodasini fopish mumkin
(2.13)
To`g`ri siljitilganda » shuning uchun
(2.13 a)
p-n o`tishga to`g`ri kuchlanish berilganda qiymati kichik va kuchlanish ortishi bilan kamayadi, teskari siljitilganda esa juda yuqori bo`ladi.
2.p-n o`tish sig`imi. p-n o`tishdagi qo`sh elektr qatlam – barer sig`imini, p -va n - sohalardagi nomuvozanat noasosiy zaryad tashuvchilar - diffuziya sig`imini vujudga keltiradi.
Statik rejimda yoki past chastotali kuchlanish ta`sir etganda p-n o`tishdagi tok va kuchlanish orasidagi bog`liqlik
2.10
munosabat bilan ifodalanadi. Dinamik rejimda barer va diffuziya sig`imlari mavjudligi tufayli (2.10) dan foydalanib bo`lmaydi.
Past chastotalarda p-n o`tish toki elektron-kovak o`tishning hamda yarimo‘tkazgich p - va n -sohalarining aktiv qarshiligi () bilan aniqlanadi. Yuqori chastotalarda p-n o`tishning inersiyadorligi uning sig`imi bilan belgilanadi.
p-n o`tish to`g`ri ulanganda chegaradosh sohalarga noasosiy zaryad tashuvchilar injeksiyalanadi. Buning natijasida p-n o`tish chegaralari yaqinidagi yupqa qatlamlarda qiymatlari bir-biriga teng qarama-qarshi
ishorali nomuvozanat noasosiy zaryad tashuvchilar to`planadilar. Kuchlanish qiymati o `zgarganda injeksiyalangan zaryad tashuvchilar soni, zaryad miqdori o`zgaradi. Zaryadlarning kuchlanish ta `sirida
bunday o`zgarishi kondensator qoplamalarida zaryadning o`zgarishiga o`xshaydi. Noasosiy zaryad tashuvchilar bazaga diffuziya hisobiga kelgani sababli bu sig`im diffuziya sig`im deb ataladi va quyidagi formulaga binoan hisoblanadi:
(2.14)
To`g`ri tok qiymati va zaryad tashuvchilarning bazada yashash vaqti ortishi bilan diftuziya sig`im ortadi. p-n o`tish teskari siljitilishi bilan =0 bo`ladi. Diffuziya sig`imning kuchlanish bilan o`zgarishi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
p-n o`tishning differensial qarshiligi va sig`imi uning muhim elektr parametrlari hisoblanadi.
Differensial qarshilik
|