• II. Asosiy qism
  • Kutubxonaning Metodik kengashi
  • - Metodik kengash quyidagi vazifalarni bajaradi
  • Moliyaviy-ho‘jalik faoliyati
  • Kutubxonaning tarkibiy tuzilmasi




    Download 0,65 Mb.
    bet5/7
    Sana05.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #130706
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Abdulaziz axborot ma\'ruza

    Kutubxonaning tarkibiy tuzilmasi
    - Mudirlar tomonidan boshqariladigan bo‘limlar va sho‘balar Kutubxonaning tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi.
    - Kutubxonaning tarkibiy tuzilmasi Fanlar akademiyasi Hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
    - Kutubxona o‘z tarkibiy tuzilmasini Fanlar akademiyasi Hay’ati tasdiqlagan smeta doirasida o‘zgartirishi ham mumkin.
    II. Asosiy qism: Ularning tahlili
    Kutubxona rahbariyati
    - Kutubxona faoliyatiga umumiy rahbarlikni Fanlar akademiyasi Hay’ati amalga oshiradi.
    - Kutubxona faoliyatiga umumiy tashkiliy–metodik rahbarlik va uni muvofiqlashtirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
    - Kutubxonaga Fanlar akademiyasi Hay’ati tomonidan tayinlanadigan va ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
    Kutubxonaning Metodik kengashi
    - Metodik kengash Kutubxona direktori huzuridagi maslahat organi hisoblanadi.Metodik kengash tarkibiga direktor, direktorning kutubxona ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, bo‘lim mudiri va kutubxonaning yetakchi mutaxassislari kiradilar.
    - Metodik kengashning shaxsiy tarkibi har yili direktorning kutubxona ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tavsiya qilinadi va direktor tomonidan tasdiqlanadi;
    - Metodik kengash Kutubxona direktori tomonidan belgilangan muddatlarda yig‘iladi. Metodik kengash raisi kutubxona direktori hisoblanadi.
    - Metodik kengash quyidagi vazifalarni bajaradi:
    - kutubxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini, axborot-kutubxona faoliyatining istiqbolli va yillik rejalarini muhokama qiladi;
    - kengash yig‘ilishlarida ilmiy ma’ruzalar tezislari ko‘rib chiqiladi va muhokama qilinadi, ishlarning loyihalari, ilmiy anjumanlar rejalari tasdiqlanadi;
    - uslubiy nashrlar va bibliografik ko‘rsatkichlar hamda ayrim kutubxona-bibliografik jarayonlarning hujjatlari va texnologiyasi muhokama qilinadi va nashrga tavsiya etiladi;
    - kutubxona tuzilmasining o‘zgarishi, kadrlarning bir joydan boshqasiga o‘tkazilishi, boshqa ilmiy kutubxonalar va axborot-kutubxona muassasalari bilan o‘z ishini muvofiqlashtirish va kooperatsiya bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi;
    - bo‘lim boshliqlari va ayrim xodimlarning ishlari haqidagi hisobotlar tinglanadi.
    - Metodik kengash qarorlari Kutubxona direktori tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.

     Moliyaviy-ho‘jalik faoliyati
    Kutubxonaning moliyalashtirilishi quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
    - O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobiga;
    - pullik xizmatlar ko‘rsatishdan keladigan mablag‘lar hisobiga;
    - kutubxonaning rivojlanishi uchun homiylik qilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar mablag‘i hisobiga;
    - tadbirkorlik faoliyati hisobiga;
    - qonun tomonidan ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga.
    - Turli manbalardan keladigan barcha mablag‘lar kutubxonaning yagona daromadini tashkil etadi.
    - Kutubxona belgilangan tartibda ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondlarini, mehnatga haq to‘lashning yagona fondini, zarurat tug‘ilganda esa boshqa fondlarni ham shakllantiradi.
    - Ishlab chiqarish, ijtimoiy rivojlantirish, mehnatga xaq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish fondlari mablag‘larini taqsimlash kutubxona tomonidan mustaqil ravishda, direktor va kasaba uyushmasining qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan smetaga muvofiq amalga oshiriladi.

    Download 0,65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,65 Mb.