Komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




Download 0,65 Mb.
bet2/7
Sana05.01.2024
Hajmi0,65 Mb.
#130706
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdulaziz axborot ma\'ruza
Dilobar kutubxona amaliy 2, Dilobar MT 1, Mavzu tcp ip pog’onasi, vazifalari, qo’llaniladigan asosiy prot, Mahliyo kompyuter ma\'ruza, Abdulaziz algaritm ma\'ruza
II. Asosiy qism: Axborot kutubxona muassasalari
Axborot-kutubxona — bu xizmati ko‘rsatish nazariyasi va amaliyotida kataloglarning muhim turlari yaratilganki, ularning har biri ma’lum bir xarakterdagi talablarni qondirishga imkon beradi. Axborot kutubxona muassasalarida nashr turlariga, fondni qamrab olishiga ko‘ra farqlanadigan kataloglarning bir nechta turlari qo‘llaniladi.
Axborot-kutubxona faoliyati xalq xo‘jaligining tarmog‘i sifatida, kutubxonachilik resurslarini va jamoatchilikni axborotga bo‘lgan talablarini qondirish, kutubxonachilik resurlarini shakllantirish, joylashtirish, ularni tashkil etish va foydalanishni amalga oshirish jarayonida ijtimoiy mehnatni tashkil etish bilan bog‘lanadi. Bu esa boshqarishni talab qiladi.
Axborot-kutubxona faoliyatini boshqarish uzluksiz ravishda, maqsadga ko‘ra yo‘naltirilgan, ob’ektiv ravishda shart qilib qo‘yilgan jarayondir. U turli darajadagi va tipdagi (kutubxonachilik ishini barcha jihatlari, kutubxonalar tarmog‘i, kutubxonachilik birlashmalari, kutubxonalar, ular o‘rtasidagi munosabatlarni) kutubxonachilik obyektlariga, ularni yaxlitliligi va butunligini ta’minlash, oxirgi natijalarga (axborotga bo‘lgan talablarni qondirish) erishishga ta’sir ko‘rsatadi.
Xalq xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti munosabatlarini joriy etilishi natijasida bir qancha mutaxassislar “menejment” (inglizcha-manaqement- boshqaruv) atamasini qo‘llamoqdalar. Mazmun jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan ushbu terminlar “menejment”, “boshqaruv” aslida bir-biriga o‘xshash emas. “Boshqaruv” termini kengroq ma’noga ega bo‘lib, u inson faoliyatining turli yo‘nalishlarida, sohalarida va turlarida qo‘llaniladi. Menejment faqat iqtisodiy jarayonlarda boshqarishda va insonlarni iqtisodiy holatlarini tashkilot darajasida, bozor iqtisodiyoti sharoitida daromad olish maqsadida qo‘llaniladi.
Axborot-kutubxona faoliyatini ilmiy asosda boshqarish, boshqaruv va kutubxonachilik faoliyatini o‘zaro harakatini dialektikasidir. Bir tomondan, boshqaruv kutubxonachilik obyektlarga maqsadli ta’sir ko‘rsatish jarayoni. Ikkinchi tarafdan, kutubxonachilik obyekti boshqaruvga nisbatan, asosiy tizim yaratuvchi, boshqaruvni mazmuni, vazifasi, tuzilmasi va boshqaruv metodlarini belgilovchi faktor sifatida namoyon bo‘ladi.
Boshqaruv tizimining barcha elementlari, kutubxonachilik tizimida ro‘y beradigan jarayonlarga bog‘liq holda va ularga mos bo‘lishi kerak. Shuning uchun, kutubxonachilik obyektlarini samarali boshqarish uchun, ularni xarakteristikasini bilish va baholay olish, boshqaruv obyekti sifatida uning o‘ziga xos va maxsus qonuniyatlarini bilish talab etiladi.
Axborot-kutubxona faoliyatini boshqarish - bu murakkab tashkilotlarni o‘zaro bog‘langan aloqalari va vazifalarini boshqarishdir. Ular umumiy xarakteristikaga egadirlar. Boshqaruvni tashkiliy shakli va boshqaruvni amalga oshirish, avvalo kutubxona resurslarini holatini: insonlar, axborot, texnika va texnologiyani belgilash orqali amalga oshiriladi. Boshqaruv faoliyati muammosi shundan iboratki, kutubxonachilik resurslarini barcha tiplarini, kutubxonachilik jarayoniga birlashtirishdir.
Boshqaruvni vazifasi - yangiliklarni boshqarish, eskilikni yoqlashni (konservatizm) yengib o‘tishga harakat qilish, kutubxonachilik tizimlarini faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishidagi o‘zgarayotgan sharoitlarni o‘z vaqtida anglash orqali boshqarishdir.
Insonlarni boshqarish asosida ilmiy asoslangan va real kutubxonachilik siyosati yotadi. Bu siyosat mamlakatning barcha aholisiga kutubxonalardan foydalanish imkonini yaratishga qaratilgandir. Uning markazida insonning axborotga bo‘lgan talablari va ma’naviy qiziqishlari turadi. Kutubxonachilik siyosati axborot-kutubxona faoliyatini ilmiy asosda rivojlanish kontseptsiyasini, zaruriy tavsiyalar, rejalar, dasturlarni ishlab chiqadi. Kutubxonachilik siyosatining maqsad va vazifalari ma’lum bir boshqaruv tuzilmasi orqali amalga oshiriladi. O‘zbekistonda axborot-kutubxona faoliyatini boshqarishni to‘rtta darajasi faoliyat ko‘rsatadi: davlat, soha, mintaqaviy va kutubxona boshqaruvi.



Download 0,65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Download 0,65 Mb.