• Asosiy vazifalari.
  • Asosiy kutubxonaning funksiyalari
  • Komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




    Download 0,65 Mb.
    bet3/7
    Sana05.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #130706
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Abdulaziz axborot ma\'ruza

    II. Asosiy qism:Axborot kutubxona muassasalarining murakkab jarayonlari
    Kutubxonaning ish rejasi – faoliyat dasturi vaqtning ma'lum bir davri uchun aniq vazifalarni bajarishga safarbar qilish vositasi, mehnat resurslaridan, ajratilgan pul mablag‘laridan unumli foydalanish vositasidir. Ish rejasi mazmun, hajm, ketma- ketlik, ishning bajarilish muddati va bajaruvchilarni aniqlaydi. Rejalar – perspektiv va joriy bo‘lishi mumkin. Perspektiv reja – kutubxona rivojlanishining uzoq yillar davomidagi asosiy ko‘rsatkichlarini ifodalaydi. Yillik reja – ma'lum bir sxema asosida tuziladigan, asosiy va barcha kutubxonalar uchun majburiydir. Nazorat ko‘rsatikichlari, bajarish muddati va mas'ullar ko‘rsatilgan matnli qismni o‘z ichiga oladi. Chorak ish rejasi – yillik reja asosida tuziladi, tadbirlar mavzusini aniqlaydi, ijtimoiy hayotning so‘nggi voqyealari aks ettirilgan yangi mavzular kiritiladi. Chorak ish rejasi asosida ma'lum muddat davomida (oy, o‘n kunlik, hafta) kutubxonaning barcha faoliyatini aks ettiruvchi kutubxonaning ishchi rejasi tuziladi. Bundan tashqari, mamlakatning siyosiy va ijtimoiy hayotiga oid muhim voqyealar bo‘yicha ham reja tuzish mumkin. Hisobot – ma'lum vaqt davomidagi ishlarning natijalari bo‘yicha yuqori tashkilotlarga, davlat satistika organlariga, shuningdek kitobxonlar jamoatchiligiga taqdim etiladigan ma'lumotlar jamlamasi. Kutubxonalar ikki xilda hisobot tayyorlaydilar: raqamli va axborot. Yillik raqamli hisobot – kutubxona faoliyatining hisobiga oid ma'lumotlar asosida to‘ldiriladi. Axborot hisoboti – ma'lum sxema asosida to‘ldiriladi, raqamli ko‘rsatkichlar tahlili va kutubxona faoliyatining yil davomidagi asosiy yo‘nalishlari, ishdagi kamchiliklar tahlili va ularni bartaraf etishni jamlaydi. Chorak hisoboti – ma'lum sxema asosida to‘ldiriladi, chorak oxirida kelgusi oyning 5 kuniga qadar raxbariyatga taqdim etiladi. Chorak hisobotida kutubxona faoliyatining umumiy ko‘rsatkichlari: kitobxonlar soni, qatnov, kitob berilishi rejaga nisbatan, kutubxona tarmoqlari, ommaviy tadbirlar, qiziquvchilar klublarining soni va nomlari, bajarilgan xizmatlar ko‘rsatiladi. Matnli qismida kutubxona faoliyatining chorak davomidagi faoliyati yoritiladi. Kutubxona faoliyatiga oid bir oylik axborot kelgusi oyning 5 kuniga qadar taqdim etiladi. Axborotda kitobxonlar soni, qatnov, kitob berilishining o‘tgan yilga nisbati, o‘tkazilgan tadbirlar nomi ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, yuqori tashkilot tomonidan ma'lumot tayyorlash maqsadida ma'lum bir mavzu bo‘yicha kutubxona faoliyatiga oid axborot so‘ralishi mumkin. Kitobxonlar va aholi oldida hisobot. Kutubxonalar o‘z faoliyatlari to‘g‘risida kitobxonlari oldida hisobot berishlari shart. Hisobot kitobxonlar konferensiyasi, kitobxonlar yig‘ilishi, kutubxonaning jamoat kengashi, kutubxona faoliyatining matbuotda yoritilishi shakllarida o‘tkazilishi mumkin
     Asosiy vazifalari.
    Asosiy kutubxonasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlariga, xalq

    ho‘jaligining turli tarmoqlaridagi olimlar va mutaxassislarga, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilariga, shuningdek, boshqa toifadagi foydalanuvchilarga axborot-kutubxona va bibliografiya xizmati ko‘rsatish orqali fanni rivojlantirishga ko‘maklashish;
    - Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishiga muvofiq tarzda AK axborot-kutubxona fondlarini qog‘oz hamda elektron ko‘rinishdagi ilmiy nashrlar bilan to‘ldirib boradi;
    - elektron kutubxona va elektron katalogni tashkil etish, faoliyatini olib borish;
    - Repsublikaning yirik kutubxonalari, ITIlari kutubxonalari bilan birgalikda axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta’minlash;
    - boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
    - FA tizimining yig‘ma elektron katalogini shakllantirish;
    - Respublikaning yig‘ma elektron katalogini shakllantirishda ishtirok etish.
    - bibliografik ko‘rsatkichlar, uslubiy qo‘llanmalar va boshqa asarlar hamda multimediyalar tayyorlash va nashr etish.
    - ma’lumot-bibliografiya apparatini va ma’lumotlar bazalarini tashkil etadi va xizmat ko‘rsatadi;
    - kutubxonachilik va bibliografik xizmat ko‘rsatishning muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlarni amalga oshiradi;
    - kitobxonlar orasida kitob mutolaasi va kitobxonlik hamda axborot madaniyatini shakllantirish va takomillashtirish hamda targ‘ib qilish;
    - Fanlar akademiyasi tizimidagi foydalanuvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborotlarni tezkorlik bilan yetkazib berish bilan kutubxonachilik xizmatini kengaytiradi;
    - kitobxonlar so‘roqlarini yanada kengroq va to‘liqroq bajarish uchun boshqa kutubxonalar, ilmiy-texnik organlar, boqsha tashkilot va muassasalar bilan hakmorlikda ish olib boradi;

    Asosiy kutubxonaning funksiyalari:
    Kutubxonaning vazifalarini bajrish uchun quyidagi bo‘linmalar tashkil etilgan:
    -kitob fondini butlash bo‘limi;
    -kitoblarga ilmiy ishlov berish bo‘limi;-xorijiy adabiyotlar bo‘limi;-elektron kutubxona bo‘limi;-kitob fondi bo‘limi;-Ilmiy-uslubiy va tadqiqotlar bo‘limi;
    -ilmiy-bibliografiya bo‘limi;
    -nusxa ko‘chirish va ko‘paytirish bo‘limi;
    -texnik bo‘lim;
    -xo‘jalik bo‘limi;

    Download 0,65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Download 0,65 Mb.