• ELEKTR APPARATLARI VA AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARI FANIDAN
  • uzish qobiliyati ega tashqariga urnatishga yaroqli




    Download 1,68 Mb.
    bet5/9
    Sana22.11.2023
    Hajmi1,68 Mb.
    #103351
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Elektr apparat MUST
    Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari, Diniy fanatizmning, marten, . Nodir metallarning fizik va kimyoviy xossalari., KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI , Radial taqsimlash tarmog\'ida elektr energiyasini uzatish, Geomexanik jarayonlar modelini qurish bosqichlari, Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing., Qisqa tutashuvning boshlang\'ich toklarini hisoblashda qo\'llaniladigan usullar, GIDRAVLIKA, Eyler tenglamasi shakldagi qovushqoq bolmagan suyuqlik uchun har-fayllar.org, Bernulli tenglamasining geometrik va energetik mohiyati. , bir cho\'michli ekskavatorlar, 24. Yuqori molekulyar birikmalar.Babayev.B.

    uzish qobiliyati ega tashqariga urnatishga yaroqli.


    Moyli uzgichlaming kamchiliklari: yong‘in va portlashga xavfli,

    moy darajasini doimiy nazorat qilib turish kerakligi, katta moy

    zaxirasining zarurligi, metall sarfíning kattaligi, katta og‘irlikka egaligi

    hamda tashish, montaj qilish, ta’mirlash va sozlashning noqulayligi.


    • Kuchlanishi 6 kV dan 220 kV gacha bo’lgan energetika tizimlarida, asosan, moyli uzgichlardan foydalaniladi.

    Moyli uzgichlar konstruksiyasining elementlari bo‘lib, yoy so‘ndirish qurilmalaridan tashqari, baklar, gaz chiquvchi va saqlovchi klapanlar, moyning sathi va uzgichning holatini ko‘rsatkichlari, kirishlar, izolyatorlar va yuritmalari hisoblanadi.

    • Baklar listli po‘latdan payvandlab yasaladi. Uning tubiga moyni to‘kish va na’munasini olish uchun moy chiqargich payvandlanadi. Baklarning qopqoqlariga kirishlar va uzgichning qo‘zg‘aluvchan kontaktlarini ko‘chiruvchi mexanizmlar joylashtiriladi. Bak devorlarining ichki tomoniga gaz sharchalarini zaminlangan devorga yaqinlashishiga to‘sqinlik qiluvchi izolyasion material qoplanadi.

    • Gaz chiqargichlar chiquvchi gazlarni sovitish, moy zarrachalarini ajratish va gazlarni xavfsiz zonaga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Saqlovchi klapan va membrana bakda gaz bosimining xavfli darajagacha ortib ketish holatlari uchun ko‘zda tutilgan. Uzgichning holatini ko‘rsatkich uning qo‘zg‘aluvchan qismlariga mahkamlanib, uzgichning ulangan yoki uzilgan holatini nazorat qiladi.

    Kam moyli Uzgichlar
    Kam moyli (tuvakchali) Uzgich hamma kuchlanishdagi yopiq va ochiq taqsimlash qurilmalarida keng qo‘llaniladi. Bu Uzgichlardagi moy asosan yoyni so‘ndiruvchi sifatida ishlatilib, faqat ajratilgan kontaktlar orasida qisman izolyasiya muhiti bo‘lib xizmat qiladi.
    Tok o‘tkazuvchi qismlar bir-biridan va erga tutashtirilgan konstruksiyalardan chinni yoki boshqa qattiq izolyasiyalovchi materiallar yordamida izolyasiyalanadi. Xona ichiga o‘rnatish uchun Uzgichlarning kontaktlari po‘lat bochkada (tuvakchada) joylashadi, Uzgichlarning «tuvakchali» nomi ham shu erdan kelib chiqqan. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli kam moyli Uzgichlar chinni korpusga ega, 6-10 kV li osma tipdagi Uzgichlar eng keng tarqalgan. Bu Uzgichlarda uchala qutblar uchun korpus chinni izolyatorlarda umumiy ramaga mahkamlanadi. Har bir qutbda kontaktlarning bitta uzilishi va yoy so‘n-diruvchi kamera nazarda tutilgan.
    Kam moyli Uzgichlarning tuzilish sxemalari: 1-qo‘zg‘aluvchan kontakt; 2-yoy so‘ndiruvchi kamera; 3-qo‘zg‘almas kontakt; 4-ish kontaktlari.
    Ko‘rsatilgan tip bo‘yicha VMG-10 Uzgichlar(tuvakchali moyli Uzgich) ishlab chiqarilmoqda.
    Keltirilgan konstruktiv sxema bo‘yicha VMP seriyadagi Uzgichlar (kam moyli osma Uzgich) ishlab chiqarilmoqda. Katta nominal toklarda bir juft kontaktlar (ular ish va yoy so‘ndiruvchi vazifasini bajaradi) bilan kifoyalanish qiyin, shuning uchun Uzgichning tashqarisiga ish kontaktlari, metall bak ichiga esa yoy so‘ndiruvchi kontaktlar o‘rnatiladi. Uziladigan tok katta bo‘lganda harbir qutbga ikkitadan yoy so‘ndiruvchi uzilish bo‘ladi
    Kam moyli uzgichlarning tuzilish sxemalari:
    Shu sxema asosida MGG va MG seriyadagi 20 kV va undan kichik kuchlanishli Uzgichlar ishlab chiqariladi. Tashqi massiv ish kontaktlari 4 Uzgichni katta nominal toklarga hisoblash imkonini beradi (9500 A gacha). 35 kV va undan yuqori kuchlanishlardagi Uzgichlarning korpusi chinnidan tayyorlanadi (VMK seriyasi - kam moyli kolonkali Uzgich). 35, 110 kV li Uzgichlarda har qutbga bitta uzilish bo‘lib katta kuchlanishlarda ikki va undan ortiq uzilish bo‘ladi.

    Adabiyot .


    1. Kelim Yu.M. Tipovыe elementы sistem avtomaticheskogo upravleniya . Moskva 2002g.
    2. I.I. Aliev. Elektricheskie apparatы. Moskva 2004 g.
    3. A.A. CHunixin. Elektricheskie apparatы Energiya Moskva –1985 g.
    4. Katsman M.M. Elektricheskie mashinы avtomaticheskix ustroystv . Moskva 2002 g.
    5. Mixaylov O.P. Elektricheskie apparatы i sredstva avtomatizatsii. Moskva 1992 g.

    NAVOIY KON METALLURGIYA KOMBINATI


    NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
    KONCHILIK FAKULTETI
    ELEKTR APPARATLARI VA AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARI FANIDAN





    Download 1,68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    uzish qobiliyati ega tashqariga urnatishga yaroqli

    Download 1,68 Mb.