|
-topshiriq
Menejer ishchilarga yoqa bilishi kerak, ularda ijobiy emotsiyalar chiqara bilishi lozim. Quyidagi iboralarni tahlil qiling
|
bet | 196/226 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #250996 |
Bog'liq UMK soha iqtisodiyoti7-topshiriq
Menejer ishchilarga yoqa bilishi kerak, ularda ijobiy emotsiyalar chiqara bilishi lozim. Quyidagi iboralarni tahlil qiling:
YAqinlaringizga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiring.
Atrofdagilarga qiziqish bilan munosabatda bo‘ling.
Hamsuhbatingizni diqqat bilan tinglang.
O‘zingizni boshqalar o‘rniga qo‘yishga urining.
O‘zgalarga yordam berishga doim tayyor turing.
O‘zgalarning kuchli tomonlari va yutuqlarini ko‘ra biling. Ularga bu xaqda mulozamat tarzda aytishingiz mumkin.
Suhbatdoshingizni tez-tez ismini aytib murojat qiling.
Atrofdagilarga nisbatan o‘zingizni muloyim va korrektno tuting.
Fikrlaringizni aniq va tushunarli tarzda bayon eting.
Atrofdagilar bilan muloqotda ko‘proq “men” va “biz” emas, balki “sen” va “siz” iboralarini ishlating.
Tanqidiy kamchiliklarni bosiqlik va muloyimlik bilan bildiring.
Savollar:
Siz ko‘rsatilganlarning qaysi birini qo‘llaysiz.
Sizningcha yana qanday tasavvurlar shaxsiy “imidj” shakllanishida muximroq.
8-topshiriq
1932-yilda “Matsusita elektrik Indastrial Ko, Ltd” , elektronika va elektrotexnika ishlab chiqarish bo‘yicha jahon birinchilaridan bo‘lgan yapon kompaniyasiga asos solindi. Bu kungacha mamlakatda bu kompaniyaning “Texniks” va “Panasonik” nomli savdo markalari mashxur.
Ushbu kompaniyaning asoschisi Komaske Matsusita menejmentning quyidagi asosiy qoidalarini shakllantirdi:
-ayyorliksiz, to‘g‘ri bo‘l;
-o‘z o‘rningda xo‘jayin bo‘l;
-kechagi kun bilan yashama, doimo o‘z bilimlaringni takomillashtir;
-atrofdagilarga hurmat va e’tibor bilan munosabatda bo‘l;
-har vaqt tashqi dunyoni yodda tut, uning rivojlanish qonunlariga moslash;
-mavjud va olayotgan narsadan minnatdor bo‘l;
-jamoadan olayotgan narsamizdan doim qarzdormiz;
-“kim uchun ishlayapman” degan savolni berishdan charchama. Javob faqat bitta – jamoa uchun.
Savollar:
1.Menejmentning ijtimoiy yo‘naltirilganligi nimadan iborat?
2.Matsusitaning menejmentga oid shakllantirgan qoidalarini 10 tagacha etkazishga harakat qiling .
9-topshiriq
Kim bilan ishlash ma’qulroq, mijoz yoki hamkor bilan? Ushbu savol har bir menejerga taalluqli. Bu erda quyidagi yondashuvlarni qo‘llash mumkin:
1.Muloqotlarda ishonchli muhit yaratish.
2.Hamkordan muammo to‘g‘risida batafsilroq so‘zlab berishni so‘rash. Bu tomonlar holatini to‘g‘ri aniqlashga yordam beradi.
3.Hamkorga vaziyatni chuqurroq tushunishga ko‘maklashish.Masalan, suhbat chog‘ida qisqa, esda qolarli xulosalar qilib.
4.Muammo kengroq echimga ega bo‘lishi uchun, hamkorni ijodiy fikrlashga undash.
5.Vujudga kelgan muammoni hal qilishni kechiktirmaslik lozim, bu kelajakda Siz bilan hamkorlik munsabatlarni aniqlashga turki bo‘lishini hamkoringizga uqtirishingiz lozim.
6.Boshqa imkoniyatlar bilan birgalikda o‘zingizni muammoni echimi bo‘yicha shaxsiy qaroringizni bayon eting. Bu holda hamkoringiz qarorni mustaqil tanlaydi, Siz tomondan taklif etilganni bo‘lsa, nur ustiga a’lo nur.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-topshiriq
Menejer ishchilarga yoqa bilishi kerak, ularda ijobiy emotsiyalar chiqara bilishi lozim. Quyidagi iboralarni tahlil qiling
|