• Tiklangan q iymati
  • Qoldiq qiymat
  • Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud




    Download 1,53 Mb.
    bet27/226
    Sana23.05.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #250996
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   226
    Bog'liq
    UMK soha iqtisodiyoti

    Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud:
    Boshlang‘ich qiymatga - asosiy vositalarni sotib olish uchun sarflangan xarajatlar, etqazib berish, o‘rnatish kabi pul xarajatlarining jami kiradi. Dastlabki baxo asosiy fondlarning foydalanishga topshirgan paytda xisobga olingan dastlabki muvozanat narxini ko‘rsatadi. Misol. Generator 150000 so‘mga sotib olindi. Uni korxonaga etqazib berish uchun 10000 so‘m, o‘rnatish uchun 20000 so‘m sarflandi. Generatorlarnung dastlabki to‘la narxi - 180000 so‘mga teng.
    150000 + 10000 + 20000 =180000 so‘m
    Tiklangan qiymati - asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini (binolar, kurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari) xozirgi paytdagi inflyasiya va boshqa omillarni xisobga olgan xolda baxolash. Baxolashning bu usuli ob’ektning bugungi kunda qancha turishini ko‘rsatadi. Misol: Transformator 2005 - yilda 300000 so‘mga sotib olingan, xuddi shunday transformator 2007 - yil yanvar oyida 270000 so‘mga sotib olindi. Ikkita transformator muvozanat qiymati 570000 so‘mni tashkil qiladi. 2007 - yil yanvar oyida ikkalatransformator tiklangan narxi 540000 so‘m, chunki shu transformatorning baxosi 270000 so‘mni tashkil kilgan edi. Bu baxo asosiy fondlarning ma’naviy eskirganligini va eyilganligini xisobga olmaydi.
    Qoldiq qiymat - asosiy fondlarning eskirishini inobatga olgan xolda, birlamchi va qayta tiklash qiymatlari o‘rtasidagi farqdir.
    Misol: Transformatoning narxi 50000 so‘m, ishlash davri 8 yil u 5 yil ishlab chiqarishda bo‘lgan.
    Transformatorning koldik qiymati - 18750 so‘mni tashkil qiladi. Transformator ning amortizatsiya ajratmasi 50000/8 = 6250so‘m. 5 yil davomida 31250 so‘mlik qiymatini tayyor maxsulotga o‘tkazgan 6250*5 = 31250 so‘m. Koldik qiymat 50000 - 31250 =18750 so‘m.
    Asosiy vositalarning korxona balansi va xisobotlarida aks ettiriluvchi, xisobga olish qiymati balans qiymati deb ataladi. Asosiy vositalarning koldik qiymatini asosiy vositalar balans qiymatidan eskirish summasini ayirib topish mumkin. Asosiy fondlarning tugatilish qiymati bu - ishlab chiqarishdan chikarilgan (tugatilgan, yo‘q qilingan, lom) qiymatidir. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni xisoblash uchun asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati xisoblanadi.

    bu erda:
    Fo’r - asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati;
    Fy.b- asosiy fondlarning yil boshiga qiymati (balans);
    Fk - kiritilgan asosiy fondlar qiymati;
    Fch - fondlarning tugatilish, ishlab chiqarishdan chikarilish qiymati;
    n1 - asosiy fondlarni kiritilgandan boshlab oylar soni;
    n2 - asosiy fondlarni chikarilgandan boshlab oylar soni.



    Download 1,53 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   226




    Download 1,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud

    Download 1,53 Mb.