|
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
|
bet | 30/226 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #250996 |
Bog'liq UMK soha iqtisodiyotiO‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Asosiy fondlarning mohiyati, ahamiyati, tarkibi.
2. Iqtisodiy maqsadiga ko‘ra asosiy fondlar.
3. Asosiy fondlarni baxolash usullari qanday?
4. Ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati deganda nimani tushunasiz va u qanday hisoblanadi?
5. Asosiy fondlarning eskirish turlari qanday?
6. Amortizatsiya nima? Amortizatsiya ajratmalari deb nimaga aytiladi?
7. Ta’mirlash sikli deb nimaga aytiladi? Asosiy fondlarni ta’mirlashning qanday turlarini bilasiz?
8. Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari qaysilar?
9. Ekstensiv, intensiv va integral ko‘rsatkichlar nimani aniqlaydi?
10.Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo‘nalishlarini sanang.
4-Mavzu: Korxonaning mehnat resurslari
Reja:
Korxona personali va uning tarkibi.
Mehnat unumdorligi.
Ish haqining mohiyati va uni tashkil etish.
Mehnatga haq to`lashning usullari.
4.1. Korxona personali va uning tarkibi.
Zamonaviy korxonalar faoliyatida mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan tashkari kadrlar xam katta ahamiyatga ega. Kadrlar ishlab chiqarish jarayonini tashkil etuvchi uch asosiy omilning asosiysi xisoblanadi. Aynan kadrlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rivojlantirishni amalga oshiradilar. Kadrlarning kasbiy malakasi kanchalik yuqori bo‘lsa, korxonalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari shunchalik yuqori bo‘ladi.
Mehnat resurslari deganda mehnatga layoqatli yoshda bo‘lgan (O‘zbekiston Respublikasi erkaklar uchun 16 yoshdan 59 yoshgacha, ayollar uchun 16 yoshdan 54 yoshgacha) aholi, shuningdek iqtisodda band mehnatga layoqatli yoshda bo‘lmagan (o‘smirlar va mehnatga layoqatli yoshdan yuqori yoshdagilar) shaxslar tushuniladi.
Salohiyat(potensial) tushunchasi lotin tilidan olingan bo‘lib, imkoniyat, kuch-quvvat ma’nosini anglatadi.
|
| |