|
Ishlab chiqarishni yiriklashtirish va kombinatsiyalashtirish
|
bet | 47/226 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #250996 |
Bog'liq UMK soha iqtisodiyotiIshlab chiqarishni yiriklashtirish va kombinatsiyalashtirish.
Ishlab chiqarishni yiriklashtirish deb, bir necha turdagi ishlab chiqarishlarni bir yirik korxonada jamlashga aytiladi. Yiriklashgan korxonalarda asosiy ishlab chiqarish bilan birgalikda yordamchi ishlab chiqarish xam mavjuddir.
YOrdamchi ishlab chiqarish asosiy ishlab chiqarish uchun bo‘lgan asbob - uskuna, energiya turlari bilan, zarur bo‘lganda dastgoxlarni ta’mirlash va tuzatish uchun xizmat qiladi. Masalan: asbobsozlik, moslama, energiya ishlab chiqarish sexlari xamda mexanik ta’mirlash sexlari kiradi. Ishlab chiqarishni yiriklashtirishning asosiy maqsadi murakkab, juda katta xajmga ega bo‘lgan va ishlab chiqarishda uzoq davr xukm surmaydigan maxsulotlarni etkazib berishdan iborat. Masalan: samolyotsozlik, kemasozlik va x.k.
Yiriklashgan ishlab chiqarishning foydali tomonlari:
ishlab chiqarish jarayonlarining birgalikda ishlashi bunday korxonalarda xar qanday murakkab maxsulotning kiska vaqt ichida ishlab chikarilishini ta’minlaydi;
mavjud asosiy ishlab chiqarish fondlari samarali ishlatiladi. CHunki katta mehnat xajmi ishlab chiqarishda ishni bir kecha-kunduzda bir necha smenada tashkil kilinishiga shart-sharoit yaratadi;
asosiy materiallar samarali ishlatiladi, chunki asosiy ishlab chiqarishning chikindisidan xalq uchun keng iste’mol mollarini ishlab chiqarishga imkoniyat yaratiladi. Ishlab chiqarish yiriklashtirilgani sari ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish soxasidagi umumiy xarajatlar maxsulot ishlab chiqarishning ko‘payishiga nisbatan kamrok darajada ortadi, bu ularni tejab kolishga olib keladi.
Kamchiliklari:
yirik korxonalarni loyihalash, kurish, ishga tushirish juda ko‘p vaqt talab qiladi;
bunday korxonalarni kurishga va uni ishga tushirishga sarflanadigan mablag‘lar uzoq vaqtdan keyin o‘zini koplaydi.
Kombinatsiyalashtirish deb bir necha korxonalarni bir maydonda joylashib tayyor maxsulot ishlab chiqarishiga aytiladi. Kombinatsiyalashtirish natijasida kombinatlar paydo bo‘lib ular 3 xil bo‘ladi:
xomashyoga ketma-ket ishlov berib, undan tayyor maxsulot ishlab chikaruvchi korxonalar. Masalan: metallurgiya kombinati, bunda cho‘yan, po‘lat va prokat ishlab chiqarish jarayonlari ketma-ket bajariladi;
xomashyoni kompleks tarzda qayta ishlash, bu asosan neft, kimyo kombinatlari va rangli metallarni qayta ishlash kombinatlarini tashkil qilishda ko‘llaniladi;
bir korxonaning ishlab chiqarishdagi chikindilari ikkinchi korxona uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. Masalan: yog‘ochsozlik korxonalaridan chiqadigan qirindi va qipiqlardan karton va qipiq plitalar ishlab chiqaradigan korxonalar.
Kombinatsiyalashgan korxonalarning foydali tomoni:
ular eng yuqori mehnat unumdorligiga ega bo‘ladi, chunki ularda mehnatni mexanizatsiyalashtirish keng ko‘lamda ko‘llaniladi.
korxonalarning omborlarida xomashyo zaxiralari deyarli ko‘p bo‘lmaydi.
bunday korxonalarda yuklarni tashish uchun o‘zi yurar transport vositalaridan foydalanishga extiyoj bo‘lmaydi, chunki barcha mehnat buyumlarini bir ish joyidan boshqa ish joylariga uzatish jarayonlari avtomatik ravishda bajariladi.
Ishlab chiqarish quvvati ma’lum bir vaqt davomida ilg‘or texnologiyalardan foydalanib, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg‘or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan maxsulotlarning darajasidir.
|
| |