• Ixtisoslashtirish tamoyili
  • Paralellik tamoyili
  • Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish tamoyillari




    Download 1,53 Mb.
    bet44/226
    Sana23.05.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #250996
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   226
    Bog'liq
    UMK soha iqtisodiyoti

    Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish tamoyillari
    Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilishda kuyidagi tamoyillarga amal qilish lozim:
    ixtisoslashtirish;
    mutanosiblik;
    parallellik;
    bir tekis, ketma-ket yo‘nalish;
    uzluksizlik;
    bir me’yoriyik;
    avtomatlashganlik;
    sinxronlash.
    Bu tamoyillarning mohiyati quyidagilardan iborat.
    Ixtisoslashtirish tamoyili. Ixtisoslashtirish - bu, ijtimoiy mehnat taksimotining shakli bo‘lib, sanoat ishlab chiqarishida rejali ravishda rivojlanadi va sanoat tarmoqlari, korxona sexlari, uchastkalar, liniyalar va ayrim ish joylarining ajralishini shart kilib ko‘yadi.
    Mutanosibik tamoyili. Ishlab chiqarish jarayonlarining mutanosibligi shuni bildiradiki, bunda xamma ishlab chiqarish bo‘limlari (asosiy va yordamchi sexlar, bu sexlar ichidagi uchastka va liniyalar, uskunalar guruhi va ish joyi)ning ishlash qobiliyati (vaqt birligi ichida mehnat unumdorligining nisbati) bir-biriga o‘zaro aniq mos keladi.
    Paralellik tamoyili. Bu tamoyilning mohiyati ishlab chiqarish jarayonining bir necha ayrim qismlarini bir paytda bajarishdan iborat, ya’ni maxsulot tayyorlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ish keng ko‘lamda tashkil kilinadi.
    Bir tekis, ketma-ket yo‘nalish tamoyilini ko‘llash ishlab chiqarish jarayonini tashkil kilayotganda mehnat predmetlari ishlab chiqarish jarayonlarining xamma bosqichlaridan va barcha operatsiyalaridan eng kiska yo‘l bilan o‘tishini aniqlashga yordam beradi (xomashyo va materiallarning kelib tushishidan tortib to tayyor maxsulot bo‘lib chiqqungacha va bu maxsulotlarni iste’molchiga etkazib bergunga kadar). Bir tekis, ketma-ket yo‘nalishga erishish uchun sex maydonida apparat va uskunalarni oqilona joylashtirish lozim, bundan tashkari asosiy va yordamchi sexlarni zavod xududida to‘g‘ri joylashtirish asosida xomashyo va materiallarning karshi xarakatiga va qaytishiga yo‘l ko‘ymaslik kerak.
    Uzluksizlik tamoyili deganda, ishlab chiqarish jaryonida rejasiz to‘xtash, tanaffus bo‘lmasligi, ya’ni uzluksiz ishlash tushuniladi.
    Bir me’yoriyilik tamoyili o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish bo‘limlari, bir xil oralikdagi ish vaqtida berilgan dasturga asosan bir xil xajmdagi ishning bajarilishi bilan tavsiflanadi.

    Download 1,53 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   226




    Download 1,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish tamoyillari

    Download 1,53 Mb.