|
Ishlab chiqarishning ixtisoslashtirilishi – bu konstruktiv va texnik jihatdan o‘xshash mahsulotlarini chiqarishni jamlashdir
|
bet | 41/226 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #250996 |
Bog'liq UMK soha iqtisodiyotiIshlab chiqarishning ixtisoslashtirilishi – bu konstruktiv va texnik jihatdan o‘xshash mahsulotlarini chiqarishni jamlashdir. Konstruktiv va texnologik o‘xshashlik keng miqyosda unifikasiyalashtirish yo‘li bilan yaratiladi. Eng umumiy ko‘rinishda unifikasiya - ko‘p xillikni unifikasiyalashtirilayotgan ob’ektni ayrish tomonidan yaxshilash bilan oqilona bir xillikka keltirishdir.
• Proporsionallik – bu ishlab chiqarishning hamma bo‘linmalarining ishlab chiqarish quvvatlarini qo‘shishdir. U mahsulotni kerakli miqdorda, nomenklatura (ro‘yhat) da, assortimentda va butlikda, tadbirkor belgilangan muddatlarda chiqarish imkonini beradi.
• Parallelik – ishlab chiqarish jarayonining amallari va bosqichlarini bir vaqtda bajarishdir. Bu tamoyil pirovard mahsulot tayyorlash bo‘yicha keng ish fraktini yaratish imkonini beradi.
• Uzluksizlik – ishlab chiqarishni shunday tashkil qilishni, bunda bir amal boshqasidan so‘ng bir smenda, smenalar o‘rtasida, amal ichida va amallar orasidagi tanaffuslarsiz keladi.
To‘g‘ri oqimlilik – mahsulotning ishlab chiqarish jarayonida harakatlanishini oqilona tashkil qilish bo‘lib, u mahsulotning tayyorlashning bir bosqichdan (amaldan) navbatdagisiga eng qisqa yo‘l bilan harakatlanishini ta’minlaydi.
• Ritmililik – mahsulotlarni vaqtning teng buloqlari ichida bir xil yoki takrorlanuvchi mahsulotlarni o‘sib boruvchi miqdorda chiqarishdir.
YUqorida aytib o‘tilgan tamoyillarga rioya qilishga asoslangan ishlab chiqarish jarayoni rasional (oqilona tashkil qilingan) hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni takomillashtirish uning ixtisoslashtirilishi (ishlab chiqarishning har bir uchastkasida bajariladigan turli xildagi ishlarning hajmini borgan sari cheklashni qattiq mustahkamlash) konsentrasiyalashni davom ettirish (ishlab chiqarishni optimal miqyoslarga etkazish), ishlab chiqarish jarayonlarini va ularni boshqarishni kompleks mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilishi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ishlab chiqarishning ixtisoslashtirilishi – bu konstruktiv va texnik jihatdan o‘xshash mahsulotlarini chiqarishni jamlashdir
|