Boshqaruv tamoyillari, boshqaruv funksiyalari




Download 1,53 Mb.
bet89/226
Sana23.05.2024
Hajmi1,53 Mb.
#250996
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   226
Bog'liq
UMK soha iqtisodiyoti

11.3. Boshqaruv tamoyillari, boshqaruv funksiyalari.
Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari
Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari – bu ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va ruhiy xususiyatlariga ta`sir etish bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullarini qo`llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni chuqur o`rganish xodimlar nerv tizimsi kayfiyatiga ta`sir etuvchi ruhiy (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi.
Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi bo`lgan mehnat omillarini o`rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatning turli qatlamidagi xulq-atvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Ijtimoiy psixologiya guruh va omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxsning ongi va xulqiga ta`siri, kishilar faoliyatini rag`batlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni o`rganadi. SHaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, xarakteri, shaxsning irodasi, qobiliyati, xissiyoti, xotirasi, anglash va xis etish qobiliyatini o`rganadi, mehnat psixologiyasi mehnat faoliyatlari, shu jumladan, rahbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni o`qitish usullari, dam olish tartibi, kadrlarni tanlash va baholash usullari, mehnat jarayonining ruhiy jihatlari) faoliyatini o`rganadi.
Kishilar fikrlash usulida o`zgarish yuz berishi va ular madaniy hamda bilim darajasi ortib borishi bilan ijtimoiy-ruhiy usullar ahamiyati xam ortib boradi. Bunday sharoitda shaxsning ehtiyoj va manfaatlari ma`naviy soha tomon o`zgarib boradi. O`z mehnatidan qoniqishning muhim omili bo`lib ishlab chiqaruvchilarning rahbar bilan o`zaro yaxshi munosabati ishlab chiqarishdagi qulay ijtimoiy-ruhiy vaziyat xizmat qiladi.
Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari ishlab chiqarishda mavjud ijtimoiy mexanizmni (o`zaro munosabat tizimi, ijtimoiy ehtiyojlar) qo`llashga asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruhlar va shaxslar maqsadi va manfaatlarini aniqlash va rostlash yo`li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va uyg`unlashtirish maqsadida qo`llaniladi.
Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar nizomlari, shartnomalar, o`zaro majburiyatlar, ishchilarni tanlash, taqsimlash va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish tizimi kiradi. Ijtimoiy tartibga solish usullari inson omili faolligini oshirish, boshqaruvni demokratlashtirish maqsadida xam qo`llaniladi.
Boshqaruvning ruhiy usullari jamoada maqbul ruhiy holat tashkil etish yo`li bilan kishilar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgandir. Ruhiy usullarga kichik guruh va jamoalarni tashkil etish, mehnatni insoniylashtirish, malakali kadrlar tanlash va ularni o`qitish va h.k.lar kiradi.
Kichik guruh va jamoalarni tashkil etish usulini qo`llash kichik guruhdagi ishchilar o`rtasidagi maqbul miqdoriy-sifat nisbatini aniqlash imkonini beradi.
Mehnat faoliyatini insoniylashtirish deganda ranglar, musiqaning ruhiy ta`siridan foydalanish, bir xil, o`zgarmas mehnatni bartaraf etish, ijodiy yondashuvni kengaytirish tushuniladi.
Kasbiy tanlashning mohiyati – kishilarning ruhiy xususiyatlari ularni bajaruvchi ishlariga eng mos bo`ladigan qilib tanlashdan iborat. SHaxsning ruhiy xususiyatlari jumlasiga uning qiziqish va mayllari, qobiliyati, temperament va xarakteri kiradi. SHu sababli, rahbar shaxsga rahbarlik qilganda o`z oldiga inson ruhiy xususiyatlari shakllanishi va rivojlanishini o`rganishi, uning qiziqish va qobiliyati, temperament va fe`lini bilish vazifasini qo`yishi kerak.
SHaxsning ruhiy xususiyatlarini inson faoliyatida ajratib tushunib bo`lmaydi, chunki kishi qobiliyati va fe`li xususiyatlari uning faoliyati va xulqida namoyon bo`ladi. Insonning ommaviy faoliyati uning ruhiy holatini shakllantiradi. Insonning qanday hayot kechirishi, nima bilan shug`ulanishini bilmay vujudga kelganligi, u yoki bu narsaga qobiliyat rivojlanganligi, fe`li shakllanganligini anglab bo`lmaydi.
Inson avvalo o`zini ijodiy shaxs sifatida baholaydi. Ishchi mehnatga bunday nuqtai nazardan qarashga to`g`ri kelmaydi: moddiy ehtiyojlar birlamchi bo`lib, ular qoniqqandan so`ng nisbatan yuksak insoniy ehtiyojlar ilgari suriladi.
Inson faoliyati ma`lum rag`batlantiruvchi omillarga asoslangan bo`lib, ma`lum maqsadga erishishga qaratilgandir. Rag`batlantiruvchi omil – maqsad munosabati inson faoliyati o`zagidir. Umumiy ma`noda rag`batlantiruvchi omil – bu insonni faoliyat yuritish uchun undovchi omil bo`lib, maqsad esa inson uni amalga oshirish natijasida erishishni xoxlagan narsadir. Rag`batlantiruvchi omil kishi xulqining ichki kuchidir. Psixologiyada uzoq va qisqa rag`batlantiruvchi omil ajratiladi. Agar inson faoliyatini rag`batlantiruvchi omil va o`z oldiga qo`ygan maqsad yaqin kelajakka mo`ljallangan bo`lsa, u qisqa muddatli, agar ular uzoq istiqbolni qamrab olsa uzoq muddatli deyiladi. Rag`batlantiruvchi omil darajasi bilan insonning mehnatga, yutuq va muvaffaqiyatsizlikka nisbatan bo`lgan munosabati uzviy bog`liqdir. Faqat uzoq muddatli rag`batlantiruvchi omil mehnatga ijodiy munosabatda bo`lish manbaidir.
Rahbarga xos bo`lgan muhim xususiyat kishilar faoliyatini rag`batlantiruvchi omillarni yaxshi bilish, xar bir kishini u yoki bu vazifani bajarishga qiziqtira olishdir. Bu ayniqsa, u yoki bu korxonaga ishga kirib, ularni kelajakda nima kutishini bilish lozim bo`lgan yoshlar bilan ishlashda muhimdir. Rahbar ishini kim va qachon qaysi skripkani chalishi, qaysi asbobda musiqa chalishini o`rgangan, kim noto`g`ri chalishi mumkinligi, kimni qaysi erga qo`yish kerakligini bilishi lozim bo`lgan dirijer mehnati bilash solishtirish mumkin.
Kishi ruhiy xususiyatlarning u bajaruvchi ish talablariga mos kelmasligi o`z kasbidan qoniqmaslik uni o`zgartirishga harakat qilishga, xato qilish ehtimoli ortishiga va natijada mehnat unumdorligi pasayishiga olib keladi. Aksincha, agar inson o`z qobiliyatini to`liq namoyon qila oluvchi ish bilan band bo`lsa, u o`z mehnatidan mamnun bo`ladi, kasbni tez egallaydi va mehnat unumdorligi yuqori bo`ladi.
Inson uchun faqat moddiy rag`bat muhim deb hisoblash noto`g`ri. Unga juda ko`p narsa: umumiy ishda o`z xissasi borligini xis etish, o`zini mehnat orqali namoyon etish, o`z malakasi bilan g`ururlanishi, o`rtoqlari xurmatiga sazovor bo`lish va x. k. lar xam muhimdir. Ko`pchilik kishilar shaxsiy farovonlikka boshqalar hisobiga erishilgan shaxsiy muvaffaqiyat orqali emas, mamlakat iqtisodiyotiga qo`shgan mehnati hisobiga erishish lozimligini ta`kidlaydilar.
Izlanishlar mehnatga nisbatan munosabatga ta`sir etuvchi rag`batlantiruvchi omillar quyidagi tartibda taqsimlanishini ko`rsatdi: mehnat mohiyati, ish xaki, yuqori lavozimga ega bo`lish imkoniyati, ishning qiziqarliligi, mehnatni tashkil etish, ma`muriyatning ishchiga nisbatan munosabati.

Download 1,53 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   226




Download 1,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqaruv tamoyillari, boshqaruv funksiyalari

Download 1,53 Mb.